2-Topshiriq: Mehnat faoliyati uchun zaruriy lug‘at boyligining holatini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari yozilgan kartochkalar berildi va shu so‘zlar ishtirokida gap tuzish so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 3 (30%) nafari karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari ishtirokida gap tuzdi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga karton, qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlaridan birini ishtirokida gap tuzib berib, bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etilgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 9 (90%) nafari qaychi, qalam, yelim, chizg‘ich, o‘chirg‘ich so‘zlari ishtirokida gap tuzish vazifasini bajara olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |