Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning
Download 0.51 Mb.
|
imkoniyati cheklangan osmirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning pedagogik asoslari (2)
8-Topshiriq:
Maqsad: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallarini namuna asosida qo‘shimcha shart bilan yig‘ish malakasini aniqlash Jihoz: “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallari Tadqiqot jarayoni: O‘quvchiga “Transport va Qishloq xo‘jaligi mashinalari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasash topshirig‘i beriladi. Ko‘rsatma: “Transport va Qishloq xo‘jaligi ishlari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasa.” Topshiriqni bajarish jarayonida qiyinchilik yuzaga kelganda pedagog bolaga “Transport va Qishloq xo‘jaligi ishlari” konstruktori detallaridan transport mashinasi va qishloq xo‘jaligi mashinasini yasashni ko‘rsatib beradi va xarakatlarni takrorlashni taklif etadi. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishning bugungi xolatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot 9-sinf o‘quvchilarini mehnat malakalari va mazkur ish faoliyatlarida muloqotga kirishish malakasini tekshirdik. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishning holatini o‘rganish quyidagi mezonlar asosida baholandi: Topshiriqni to‘g‘ri bajardi Topshiriqni pedagog yordami asosida bajardi Topshiriqni bajara olmadi Pedagogik amaliyotda muammoni holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotda mehnat darslarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish xolatini eksperimental o‘rganish o‘zida mujassamlashtirgan tadqiqotni o‘tkazishdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotimizni ishlarini Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar (Eshitishida nuqsoni bor bolalar) uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab-internatini o‘quvchilarning ishtirokida o‘tkazdik. Maxsus maktabda mehnat darslarida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishning bugungi holatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotni tashkil etish jarayonida S.I.Fomichev metodikasidan foydalandik. Tajriba-sinov ishimiz 8 ta topshiriq majmuasidan iborat bo‘lib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda mehnat darslaridagi faoliyat uchun zaruriy lug‘at boyligini aniqlash, material namunalarini shakli bo‘yicha farqlash, o‘lchov asboblaridan foydalanish, grafik namunaga ko‘ra konstruktorlash bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish aniqlashga qaratilgan. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling