Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


Download 0.51 Mb.
bet8/44
Sana08.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#238400
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
imkoniyati cheklangan osmirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning pedagogik asoslari (2)

Tadqiqotning ob’ekti: Namangan viloyati Uchqo’rg’on tumanidagi 46- sonli imkoniyati cheklangan maktab internati 9-sinf o’quvchilari (Eshitishida nuqsoni bo’lan bolalar).

Tadqiqotning predmeti: Eshitishda nuqsoni bo’lgan o’smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning pedagogik asoslari.

Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi:

Ta’lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizning dunyoqarashini shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish zaruriyati.

Davlat ta’lim standarti (DTS), O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish muammolari va “Sog’lom ona va bola yili” davlat dasturida belgilingan “ta'lim va kadrlar tayyorlash butun tizimi darajasini hamda sifatini tubdan oshirish, maktablar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oily o’quv muassasalaridagi ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini zamonaviy talablarini hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash, pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashnitashkil etishni takomillashtirish” bandi, davlat texnik ilmiy dasturi doirasida hamda Namangan Davlat Universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining ilmiy ishlar rejasiga muvofiq bajarildi.

Tadqiqotning ilmiy farazi:

Agarda biz imkoniyati cheklangan o’quvchilarga pedagogik shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda tushuntirish ishlarini olib borsak quyidagi natijalarga erishishimiz mumkin:

- Imkoniyati cheklangan o’quvchilar kamchiliklarni yuzaga kelishi va uni turli darajada namoyon bo’lishi ularni o’rab turgan ijtimoiy muhit, ularning ta’lim-tarbiyasi, individual xususiyalari va qisman irsiyatiga bоg’liq bo’lishi mumkin.



- Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarning o’quv malakalarini shakllantirish jarayonida o’smirlarning ruhiy va jismoniy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari xisobga olinsa ularning hayotga bo’lgan qiziqishlari ortishi mumkin;

- O’quvchilarni qat’iy kun tartibiga rioya qilish ko’nikmalarini shakllantirish orqali vaqtni to’g’ri taqsimlashga o’rgatish mumkin;



- O’smirlarning asosiy faoliyat yo’nalishlaridagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash, ijobiy fazilatlariga tayangan holda xulq atvorini boshqarish, hissiy olamini kengaytirish, intellektual jihatdan salohiyatini o’stish orqali biologik nuqsonlarni bartaraf etishga erishish mumkin.

Tadqiqotning metodologik asoslari: O'zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning so`zlagan nutqlari, asarlari, fikrlari, farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining uzluksiz ta'lim tizimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalariga oid ta`lim tizimini rivojlantirish, takomillashtirish to'g'risidagi qarorlari, uzluksiz ta'lim sohasiga joriy etilayotgan islohotlarga doir rasmiy hujjatlar, O'zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to'g'risida” gi Qonuni, sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi qarashlari, psixоlоgiya fanining determinizm, оng va fоaliyat birligi, psixika va оngning faоliyatda rivоjlanish tamоyillari, pedagog-psixоlоglar (L.S.Vigotskiy, R.M.Boskis, K.G.Korovin, V.A.Sinyak, A.G.Basova, S.F.Egorov, A.G.Zikeev, S.A.Zikov, A.I.Dyachkov, E.V.Mironova, N.G.Morozova, B.D.Korsunskaya, E.I.Leongard, M.K.Sheremet, N.D.Shmatko, L.A.Golovchist lar) ning eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarni ta’lim-tarbiyasi muammolarini tadqiq qilish haqidagi tadqiqоtlari asоsida aniqlangan psixоlоgik qоnuniyatlar tashkil etadi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling