Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning


III.BOB. Imkoniyati cheklangan o’smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga


Download 0.51 Mb.
bet5/44
Sana08.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#238400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
imkoniyati cheklangan osmirlarni ijtimoiy xayotga tayyorlashning pedagogik asoslari (2)

III.BOB. Imkoniyati cheklangan o’smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga

oid tajriba – sinov ishlari mexanizmi……………………………..61

3.1. Tajriba–sinov ishlari metodikasining mazmuni va mexanizmi…………..61-68

3.2. Tajriba – sinov ishlarining yakuni va samaradorlik ko’rsatkichlari……..69-89

Uchinchi bo’yicha xulosa



Umumiy xulosa va tavsiyalar………………………………………………89-91

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati………………………………………..91-95

Ilovalar
KIRISH

Tadqiqot dolzarbligi: Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohatlar jamiyatimiz oldiga davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishlaridan hisoblangan ta’limni yangilash va yosh avlodni zamon talablariga javob bera oladigan barkamol inson etib tarbiyalash, ular ongiga mustaqillik g‘oyalarini singdirishdek muhim vazifalarni qо‘ymoqda.

Hozirgi sharoitda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning samaradorligi ta`lim, shaxs ma`naviyati hamda uning yuksak kasb mahoratiga bog’liq. Istiqlоl sharofati bilan Respublika xalq ta’limi, oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirliklarida o’qitish hamda tarbiyalash tizimini yanada takоmillashtirishga оid bir qancha qarоrlar, nizоmlar, qоnunlar, kоnseptsiyalar ishlab chiqildi. Bu hujjatlar barcha o’quv yurtlarida uzluksiz ta’lim-tarbiya berishda uyg’unlikni ta`minlashda ham nazariy, ham amaliy dastur vazifasini o’taydi. Bugungi islоhоtlar davri o’qitishning samarali metоdlarini yaratishni, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkоrlikni yanada kengaytirishni, insоn shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning yetakchiligini ta`minlashni, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlari, milliy his-tuyg’ularini e`tibоrga оlib ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni amalga оshirishni taqazо qilmоqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta`lim sohasidagi islohotlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan: “Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o’z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa - bunday davlat jahon taraqqiyoti yo’lidan chetda qolib ketishi muqarrar.”[1.1.132], deb ta`kidlaydi va bugungi kunda jamiyatning yangilanishi, hayot taraqqiyoti va istiqboli barcha sohadagi islohotlar samaradorligi yuqori malakali ongli mutaxassislar tayyorlashga bog’liq ekanligini alohida uqtirib o’tadi.

Yosh avlodni ma`naviy-axloqiy jihatdan barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish va takomillashtirish uchun zaruriy vazifadir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning quyidagi fikrlari ibratlidir: “... unib, o’sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo’lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o’rtasida ma`naviy-ma`rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko’tarishning ahamiyati beqiyosdir”.

Zero, ma`naviy-axloqiy barkamollik yangi qurilayotgan huquqiy demokratik jamiyatning ravnaqiga samarali ta`sir qiladi. Bu borada biz Prezidentimiz I.A. Karimovning “Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch” kitobida ta`kidlanganidek, ta`lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar zarurati mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Prеzidеntimiz I.А. Kаrimоv yosh аvlоd tаrbiyasining аhаmiyati xususidа so`z yuritib …“Biz fаrzаndlаrimizni nаfаqаt jismоniy, mа`nаviy sоg`lоm o`sishi, bаlki ulаrning eng zаmоnаviy intеllеktuаl bilimlаrgа egа bo`lgаn uyg`un rivоjlаngаn insоnlаr bo`lib, XXI asr tаlаblаrigа to`liq jаvоb bеrаdigаn bаrkаmоl аvlоd bo`lib vоyagа yеtishi uchun zаrur bаrchа imkоniyat vа shаrоitlаrni yarаtishni o`z оldimizgа mаqsаd qilib qo`ygаnmiz” [1.2.430] dеya tа`kidlаydi.



2012 yil 17 fevral kuni Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Prezidentimiz I.А. Kаrimоv tashabbuslari bilan tashkil etilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti” mavzusidagi xalqaro konferentsiya bo`lib o`tdi. Mazkur anjuman uzluksiz ta`lim va yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishning milliy modelini yaratishda O`zbekiston tajribasini o`rganishga bag`ishlandi. Xalqaro forumning ochilishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov nutq so`zladi. Prezidentimiz yurtimizda faol, intiluvchan iqtidorli va yuksak ma`naviy fazilatlarga ega, zamonaviy bilim hamda kasblarni chuqur egallagan – yoshlarni voyaga yetkazish uchun barcha shart – sharoitlar hamda imkoniyatlar yaratilganligini ta`kidlab o`tdi “ … bu dastur hayotda o`z fikriga, o`zining qarashlari va qat`iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo`lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo`yadi …”[1.3.77]

O’sib kеlayotgan yosh avlod va ularning bilim olishlari, qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, Mustaqil Rеspublikamiz kеlajagini tasavvur etish mumkin bo’ladi. Yoshlar faoliyati farovon hayotimiz mеzonidir. Xuddi shu ma'noda yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga jiddiy e'tibor bеrishimiz lozim. Yoshlarga ta'lim va tarbiya sir-sinoatlarini yetkazib berish har bir ota-onaning, o’qituvchi-murabbiyning, tarbiyachining, yetuk shaxsning Vatan oldidagi muqaddas burchlaridan biridir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning bugungi va ertangi hayoti, jahondagi mavjud vaziyat haqida o`ta muhim va dolzarb fikrlarni bayon etdi. Ushbu suhbatda yana bir muhim masala –o`sib kelayotgan yosh avlodimizning ota–bobolar an`analarini davom ettirib, ularning xotirasi, bebaho merosiga nisbatan hurmat-ehtirom, g`urur-iftihor tuyg`usi bilan yashashi milliy o`ziga xosligimizning asosiy belgisi ekanligi ta`kidlandi.

Suhbat davomida davlatimiz rahbari biz uchun eng ustuvor masalalardan biri bo`lgan, yoshlar tarbiyasi mavzusiga to`xtalib, bu xususda to`lqinlanib so`zladi. “… Mana shu muqaddas tuproq meniki, bu yerda ota-bobolarimning xoki yotibdi. Agar shu musaffo osmon, shu erkin va yorug` hayot, mana shu muqaddas vatanni men himoya qilmasam, kim himoya qiladi? ” [1.4.3] degan e`tiqod ruhida tarbiyalash beqiyos ahamiyat kasb etadi.

“…Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo`lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o`zimga ishongandek ishonaman.” [1.5.17] Bu so’zlar zamirida yosh avlodga nisbatan ishonch va e`tibor mujassam ekanligini ko`rishimiz munkin.

Har bir jamiyatda, shu jamiyat a`zosi hisoblanuvchi shaxsning ijtimoiylashuvi, shakllanishi, kamol topishiga oid muhim muammolarga to’g’ri yondashish, chuqur tahlil etish uchun shaxsning ijtimoiy tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta'sir etuvchi omillarni bilish talab etiladi.

Odamni shaxs sifatida tevarak - atrofdagi kishilar va narsalar bilan bo`lgan aloqalari ularning ishlab chiqarish faoliyatlarida, odamlar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlarda namoyon bo`ladi. Odam turli guruhlarga kirar ekan, har xil vazifalarni bir-biriga o`xshamagan rollarni bajaradi. Ba`zi bolalar oilada erkatoy, injiq bo`lsa, maktabda tengdoshlari o`rtasida kamtarin, odobli, xushchaqchaq bo`ladi. Ishda juda jiddiy yuradigan odam biror sayohatga borganda hazilkash bo`lib yurishi mumkin. Ko`pincha kishi turli vaziyatlarda o`xshash sifatlarni namoyon qiladi.

Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Inson hayotidagi eng og’ir va murakkab davr o’smirlik davri hisoblanadi.

Prezidentimiz tomonidan 2016 yilni ‘‘Sog'lom ona va sog’lom bola’‘ yili deb e'lon qilinishining tub zamirida ham ta’lim-tarbiyaning ta'sirchanligi juda yuqori bo'lgan o'smirlik davriga alohida e'tibor berish talab qilinadi.

Maktab ta’limi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bо‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishi, eshitishi va rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Chunki, nutq-bu kishilararo aloqa quroli, milliy boylik hamda tarbiya, maorif va ijodiyot uchun qudratli vositadir. Shu bois har bir insonni nutqni puxta egallashga, о‘z fikrini tо‘liq ifoda etishga о‘rgatish lozim.

Tadqiqotlarni o’rganish va tahlil etish natijasida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’smirlarni mehnatga o’rgatish jarayonida pedagogik malakasini shakllantirish muammosi tizimli yondashishni talab qiladigan o’ta murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-pedogogik muammo degan xulosaga keldik. Muammoga doir ilmiy tadqiqot ishlarini o’rganib, ularni ilmiy jihatdan tahlil etish asosida shu narsa ma’lum bo’ldiki, maxsus ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida eshitishda nuqsoni bo’lgan o’smirlarlarni mehnatga o’rgatish jarayonida pedagogik malakasini shakllantirish maxsus tadqiq etilmagan. Ta’lim-tarbiya jarayonini tо‘g‘ri tashkil etish uchun imkoniyati cheklangan o’smirlarning psixologik xususiyatlarini hisobga olish darkor. Dunyoqarashi keng, sog‘lom ongli insonni tarbiyalash uchun sog‘lom tafakkurni shakllantirish zarur.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling