Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi:
- kuzatish, suhbat, faoliyat samaradorligini o`rganish, yozma va og'zaki so'rovlar;
- muammoga oid bo`lgan pedagogik – psixologik qarashlarni, alloma hamda
olimlarning fikr - mulohazalarini qiyosiy taxlili;
- tadqiqot mavzusiga oid ijtimoiy-psixologik, ilmiy – nazariy, o`quv – uslubiy
adabiyotlar, nazariy manbalar tahlili;
- tajriba – sinov ishlari o'tkazish;
- matematik - statistik ishlov berish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi :
Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlar bilan o’tkaziladigan korrektsion ish jarayonida o’smirning eshituv tizimida shakllantirishning pedagogik muammo sifatida maxsus pedagogika nazariyasida bir butun, yaxlit xolatda tadbiq etildi;
Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’smirlarning dars va darsdan tashqari jarayonlarini mukammal tekshirish, hamda dars va darsdan tashqari jarayonlaridagi kamchiliklarni korrektsiyalash tushunchasini o’quv dasturlariga kiritilib, uning mazmuni mohiyati va funktsiyalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan ochib berildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |