Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning
Download 472.5 Kb.
|
Namangan davlat universiteti maqsudova nodira alijonovnaning
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-Topshiriq
- 6-Topshiriq
4-Topshiriq: Shakl va hajmni idrok etish va nomlash hususiyatlarini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga geometrik shakllari beriladi va ularni nomlash, belgilarni tavsiflash so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 3 (30%) nafari geometrik shakllari nomlash, belgilarni tavsiflash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga geometrik shakllaridan birini nomlab, tavsiflab berib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 9 (90%) nafari geometrik shakllarni nomlash, belgilarni tavsiflash vazifasini bajara olmadi.
5-Topshiriq: Nutqiy ko‘rsatma bo‘yicha topshiriqni bajarish malakasini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga namuna asosida kartondan quti yasash topshirig‘i berildi. Ko‘rsatma: “Namunani diqqat bilan qarab chiq va berilgan o‘lcham asosida kartonga quti andozasini chiz. So‘ngra quti andozasini qirqib olib, quti chetlarini yelimlab chiq”. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari kartondan quti yasash vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga kartondan quti yasashni ko‘rsatib berib va bolaga shu xarakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 2 (20%) nafari kartondan quti yasash vazifasini bajara olmadi. 6-Topshiriq: Mehnat faoliyatini mustaqil rejalashtirish malakasini aniqlash topshirig‘ini bajarish jarayonida o‘quvchiga namuna asosida kartondan quti yasashni mustaqil rejalashtirish so‘raldi. Tadqiqotda ishtirok etgan Namangan viloyati Uchg’org’on tumani Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 46-sonli maxsus maktab internatining 9-sinf 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 10 (50%) nafari kartondan quti yasash rejasini tuzish vazifasini mustaqil bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 8 (80%) nafari pedagog bolaga kartondan quti yasash rejasini ko‘rsatib berib va bolaga shu harakatni takrorlashni taklif etgandan so‘ng mazkur vazifani bajardi. 20 (100%) nafar eshitishida nuqsoni bo’lgan o‘quvchilarning 2(20%) nafari kartondan quti yasash rejasini tuzish vazifasini bajara olmadi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling