Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet115/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Assotsiatsiya (lotincha associo – birlashish, qo’shish, uyushish) – umumiy maqsadga 
erishish uchun tuzilgan uyushma, ittifoq, guruh. 
Assortiment (frantsuzcha assoriment –tanlab olingan, saralangan) – muayyan 
belgilariga ko’ra guruhlangan tovarlar turlari, xillari to’plami.
Asosiy vositalar – ishlab chiqarishning moddiy sharoitlarini ta’minlaydigan vositalar ( 
mehnat qurollari, bino, inshoat, qurilma va b.). Buxgalteriya hisobi va rejalashtirishda 
asosiy vositalar tarkibiga bir yildan ortiq va qiymati eng kam ish haqining 15 barobaridan 
arzon bo’lmagan vositalar kiritiladi.
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-uskuna 
ishlab chiqarish binolari va uskunalarini) o’z ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan o’z qiymatini 
ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda o’tkazib boruvchi qismi.
Asosiy faoliyatdan olingan foyda - bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan 
davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va plyus, asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar 
yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi. 
Almashlab ekish - ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda 
navbati bilan almashib turilishi. 
Auktsion – tovar va mahsulotlarni kim oshdi savdosida erkin sotish joyi. 
Bevosita xarajatlar - bitta mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq, miqdori 
ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbatan o’zgaruvchan xarajatlar.
Bilvosita xarajatlar - yordamchi ishchilarga vaqtbay ish haqi to’lash, ishlab chiqarish 
asosiy vositalarining amortizatsiyasi, ishlab chiqarish asosiy vositalarini saqlash, joriy va 
kapital remont qilish va mahsulot hajmining o’zgarishidan qat’i nazar nisbatan doimiy 


192 
bo’lib qoladigan boshqa xarajatlar singari ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish 
bilan bog’liq ishlab chiqarish ahamiyatidagi xarajatlar. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling