Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet118/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Dehqon xo’jaligi - oilaviy mayda tovar xo’jaligi, oila a’zolarining shaxsiy mehnati 
asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig’iga berilgan 
tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. 
Dehqonchilik tizimi - dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish uchun yerdan to’la 
foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq va bir-birini 
to’ldiradigan tashkiliy-agrotexnik tadbirlar yig’indisi. 
Davlat buyurtmasi - davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona, 
tashkilot, xo’jaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda ishlab chiqarish 
va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar ko’rsatish, shuningdek ishlab 
chiqarish, noishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy ishlarini bajarish va boshqalar. 
Davlat byudjeti – davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun mo’ljallangan pul 
daromadlari va xarajatlari majmui. 
Daromad – keng ma’noda kirim bo’lgan har qanday pul mablag’lari yoki pul 
qiymatiga ega bo’lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o’z faoliyati natijasiga 
ko’ra oladigan pul va tovar – moddiy tushum. 
Dehqonchilik – o’simlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy o’simliklar 
(qishloq xo’jalik ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri. 
Dehqonchilik tizimiyerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va 
oshirish, ekinlardan yuqori hosil olishga qaratilgan, o’zaro bir-biriga bog’liq texnologik 
(agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui.
Dotatsiya (lotincha dotaio – tuhfa) – 1) ma’lum xarajatlarni qoplash uchun 
iqtisodiyotning bir sub’ekti tomonidan ikkinchisiga qaytarib bermaslik sharti bilan pul 
mablag’lari berilishi. Dotatsiya odatda davlat byudjeti tomonidan beriladi. 2) muayyan 
fuqaro va tashkilotlarga ko’rilgan zararni qoplash yoki belgilangan maqsadlar uchun davlat 
tomonidan pul mablag’laning ajratilishi (berilishi).

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling