Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet121/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

195 
Ta’rif ish haqi fondi - ishlab chiqarish texnologiyasiga ko’ra bajariladigan ishning 
hajmi, me’yori va razryadi stavkasiga ko’ra aniqlanadigan ish haqi fondi. 
Ta’rif jadvali – mehnatga haq to’lash razryadlari, ta’rif koeffitsentlari va stavkalarini 
ichiga olgan jadval. 
Tuproq unumdorligi – tuproqning mahsulot berish qobiliyati. Unumdorlikning 
tabiiy, sun’iy va iqtisodiy turlari mavjud. Tuproqning tabiiy unumdorligi – inson 
aralashmasdan hosil berish qobiliyati. Bu unumdorlik insonning mehnati bilan vujudga 
kelmagan. Uni tabiat yaratgan. Sun’iy unumdorlik – inson mehnatining mahsuli. Iqtisodiy 
unumdorlik tuproqning tabiiy va sun’iy unumdorligining yig’indisidir. 
Ustav fondi - korxonalar faoliyatini ta’minlash uchun ta’sischilar tomonidan dastlab 
kiritiladigan va keyinchalik ko’paytirib borish mumkin bo’lgan, hajmi korxonaning ustavida 
belgilab qo’yiladigan mablag’. SHirkat xo’jaliklarida pay fondi va bo’linmas fonddan iborat 
bo’ladi. 
Xarajatlar - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning 
ko’payishi. 
Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) – tovar qishloq xo’jalik mahsuloti 
yetishtirish uchun pay usulga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy 
ravishda birlashishiga, boshqarishning umumiyligiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga 
asoslangan mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ekt. 
Qo’shimcha ish haqi – qo’shimcha mehnat sarf qilish, ish jarayonlarini 
takomillashtirish orqali qo’shimcha yetishtirilgan mahsulot yoki yuqori sifatli mahsulot 
hamda shu mahsulotlarni yetishtirish uchun xarajatlarni tejash evaziga to’lanadigan ish haqi. 
CHorvachilik tizimi - chorva mollari sonini o’stirish va sifatini yaxshilash, 
maxsuldorligini muntazam oshirib borish hamda mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarni 
kamaytirish, umuman, chorva mollari va chorvachilik vositalaridan maqsadga muvofiq 
foydalanish orqali uni eng samarali tarmoqqa aylantirishni ta’minlaydigan tashkiliy-
iqtisodiy, texnologik va texnikaviy tadbirlar yig’indisi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling