Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet119/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Er monitoringi – bu yerning holatini doimiy nazorat qilib turish tizimidir. 
Er transformatsiyasi – qishloq xo’jaligida yerlarning bir sifat holatidan ikkinchisiga 
o’tishi. Odatda yer transformatsiyasining ikki turi mavjud. Birinchisi ijobiy yer 
transformatsiyasi – nisbatan yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi. Ikkinchisi salbiy 
yer transformatsiyasi – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o’tishi. 
Yilning sof foydasi - u soliq to’langandan keyin xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida 
qoladigan qismi. 


194 
Ixtisoslashtirish – mavjud tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar va boshqa omillar ta’sirida u 
yoki bu mahsulot turlarini ishlab chiqarishga moslashuv. 
Investitsiya – bu foyda olish maqsadida moliyaviy resurslarni (kapitalni) 
iqtisodiyotning tarmoqlariga uzoq muddatga qo’yishdir. 
Kichik biznes – manfaat (foyda) olish maqsadida ishlab chiqarishni, asosan xususiy 
tadbirkorlikni kichik miqdorda va shakllarda, tashkil etish. U ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish, savdoning ma’lum shakl va turlarida rivojlanadi. Xususiy tadbirkor o’z 
faoliyatini ma’lum xatar (raqobat tavakkalchiligi) asosida yuritadi. 
Motivatsiya (sababni asoslash) – real mehnat hulqini tushuntirish, asoslab berish 
uchun sabablar (mulohazalar) tanlashga qaratilgan og’zaki xati-harakatdir.
Mehnat bozori – ishchi kuchlarining mehnatga bo’lgan qobiliyatini sotish va sotib 
olish tizimi. Mehnat bozorining uchta sub’ekti mavjud. Bularga: o’z ishchi kuchini 
sotuvchilar, ish beruvchilar va davlat kiradi.
Mehnat resurslari – aholining mehnat qilish qobiliyatiga (jismoniy va aqliy 
faoliyatga) ega bo’lgan qismi. 
Mehnat unumdorligi – Konkret sarflangan mehnatning samaradorligi, 
natijaviyligidir. Mehnat unumdorligi vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 
yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling