Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
1.2. “Agrosanoat
majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmetini o’rganish usullari 1.3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining vazifalari 1.1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti, boshqa fanlar bilan bog’liqligi va o’rni “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Insoniyatning hayoti, turmush darajasi ko’p jihatdan agrosanoat majmuasining rivojlanganlik darajasi bilan belgilanadi. Agrosanoat majmuasida insonlar uchun hayot manbai hisoblangan oziq-ovqat, kiyim kechak, sanoatning ko’plab tarmoqlari uchun xom ashyo mahsulotlari ishlab chiqariladi. Aholi soni oshib borishi, aholi jon boshiga ishlab chiqarish resurslarining kamayib borishi agrosanoat majmuasi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarni chuqur o’rganish zarurati kuchayadi. Natijada boshqa iqtisodiy fanlar qatorida “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ham shakllanib, rivojlanib kelmoqda. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmeti ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarida amal qilishining o’ziga xos tomonlarini o’rganish hisoblanadi. Fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan o’zgarishlar, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mehnat resurslari, yer va suv, asosiy ishlab chiqarish vositalari va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo’llarini o’rganadi. Fan agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning o’ziga xos xususiyatlarini, ularda ishlab chiqarishni samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar va ularning ta’sirini ham o’rganadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani agrosanoat majmuasi tarmoqlari taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy tendentsiyalarni o’rganadi va mutaxassislarga ularni yaxshilash yo’nalishlari aniqlashga yordam beruvchi zarur bilimlarni beradi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amalga oshirish jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni o’rganadi hamda ularning yechimlari to’g’risidagi bilimlarni o’zida mujassam etadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani moddiy ishlab chiqarishning iqtisodiy masalalari bilan bog’liq bo’lganligi sababli boshqa iqtisodiy fanlar kabi quyidagi amaliy masalalarga javob izlaydi va ularni mo’’tadil yechimini topadi. 1. Mamlakat agrasanoat majmuasi nima ishlab chiqarishi kerakligini aniqlashi va uning eng mo’’tadil tarkibini topishi lozim. Respublika tabiiy-iqlim, mehnat va ishlab chiqarishning moddiy resurslari hamda bozor talablarini hisobga olgan holda nima yetishtirish kerakligini belgilashi kerak. Bu juda muhim va qiyin masala bo’lib, ushbu fan 42 nima ishlab chiqarish lozim degan masalaning yechimini topish ustida ilmiy asaslangan fikrlar yuritadi. 2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlardan qancha va qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga ham javob izlaydi. Bu savolga javob topish uchun mamlakat o’z resurslarining qancha qismini ushbu ne’matlarni yaratishga ajrata olishini ham hisobga olish kerak bo’ladi. Yechimlar uzoq yoki qisqa muddar uchun bo’lishidagi farqlarni hisobga olishni o’rgatadi. 3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlarni kim uchun, qaysi muddatlarda ishlab chiqarish lozim degan savolga ham javob izlaydi. Agrosanoat majmuasi mahsulotlariga bo’lgan talabni o’rganish masalalarini tahlil qiladi va tegishli qarorlar qabul qilish bo’yicha ilmiy asoslangan ishlanmalar chiqarish usullarini o’rgatadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida emas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida oxirgi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlovchi mexanizmni yaratish nuqtai nazardan o’rganadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy statistika”, Iqtisodiy geografiya”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti” kabi qator fanlar bilan uzviy bog’liq. Fan juda ko’plab iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan boyib boradi, o’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga ham salmoqli hissa qo’shadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling