Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
4.3. Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi,
qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining hozirgi holati va rivojlantirish yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasida agrosanoat majmuasining 3-sohasi nisbatan yaxshi rivojlangan. Jumladan, agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi meva va savzavotlarni qayta ishlash sanoati jadal va barqaror rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasida oziq- ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan tarmoqlar qatoriga kiradi. Respublika oziq-ovqat sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi: bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarani qayta ishlash tarmoqlari. Bularga: un-krupa, yog’-moy, kraxmal, sut, go’sht, choy, shakar, vinochilik uchun xomashyo mahsulotlarni tayyorlash sanoati kabi tarmoqlar kiradi; oziq-ovqat sanoati korxonalarining mahsulotlaridan keng foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarani ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Bularga: mevasabzavot sanoati korxonalari, sut va go’sht mahsulotlaridan konservalar ishlab chiqaruvchilar, pivo va vino ishlab chiqarish sanoati korxonalari kiradi; non va non mahsulotlari, makaron, salqin ichimliklar, qandolatchilik, kolbasa, rafinadlangan qand, oziq-ovqat kontsentratlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar; baliq va boshqa suv hayvonlari mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar; Tuz ishlab chiqarish korxonalari. O’zbekiston keyingi yillarda vaqtinchalik baliq va boshqa suv hayvonlari mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar tugatilgan. Albatta keyinchalik bozor talabi va mavjud iqtisodiy sharoit ushbu korxonalarning istiqbolini belgilaydi. 1991 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 9 foizni tashkil etgan bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizni 2015 yil yakunlariga ko’ra 25,2 foizni tashkil etdi. 2016 yilning birinchi yarim yilligida sanoatning ulushi 33,5 foizga yetdi. 2004 yilda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 13,2 foizi oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarilgan bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 15,1 foizni tashkil etdi. Mamlakatda juda katta yog’-moy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilgan. Bu sohada asosiy muammo yog’-moy ishlab chiqarish uchun homashyoning nisbatan yetishmasligidir. Demak respublikada moy beradigan ekinlarni ko’paytirish maqsadga muvofiq. 54 Respublikada, ayniqsa, go’shtni, sutni qayta ishlash sanoatining quvvati juda katta. Lekin keyingi yillarda chorvachilikning to’liq xususiylashtirilishi yirik chorva fermalarining tugatilishiga olib keldi. Natijada sutni va go’shtni qayta ishlaydigan yirik zavodlar yil davomida deyarli bekor qola boshladi. Bu, quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda: sohada ishlaydigan ishchi, xodimlarning asosiy qismi o’z ishlarini o’zgartirishlariga majbur bo’lishmoqda yoki ularning vaqtincha ishsiz qolishlariga sabab bo’lmoqda; davlat byudjetiga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlarning shu soha bo’yicha kamayishga olib kelmoqda; chova mollarini go’shtga so’yish natijasida olinadigan ayrim xomashyoning (ikkinchi darajali mahsulotlar: qon, ichki bezlar, birinchi qorin bo’shlig’ida bo’ladigan yem- xashak, suyak kabi mahsulotlar) nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda; Hozirda mamlakat go’sht zavodlari quvvatidan foydalanish 4-18, sut zavodlari quvvatlaridan foydalanish darajasi 25-62 (turli viloyatlar va korxonalarda turlicha) foizdan oshmaydi. Demak, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’p. Respublikada mavjud qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq va samarali foydalanishning mo’’tadil yechimlarini topish ustida ilmiy va amaliy ishlar olib borilishi zarur. 2014 yilda yengil sanoat respublika sanoatida 14,1 foizni tashkil etdi. Hozirda asosiy e’tibor o’zimizda yetishtirilayotgan homashyoni 3-4 bosqichda qayta ishlash vazifasi tkribdi. Bu paxta tolasi bo’yicha bir so’mlik homashyo o’rniga 7 so’mlik tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi va mamlakatdagi ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yaxshilash imkoni beradi. Bu O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlardan bo’lib, hozirda ushbu masalaga ustivorlik statusi berilgan. Yuqoridagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublika agrasanoat majmuasida yetishtirilgan paxta tolasi dunyo talablariga to’liq javob beradigan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling