Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet102/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Ma’ruza va referatlar muhokamasi. 
Muhokamaga 12—15 daqiqa davomiyligidagi 2-3 
ma’ruzadan ko’p bo’lmagan ma’ruzalar olib chiqiladi. 
Ba’zida 
qo’shimcha 
ma’ruzachi 
va 
opponentlar 
(muxoliflar) belgilanadi. Oxirgi chiquvchilar mazmunni 
qaytarmaslik uchun, ma’ruza matni bilan tanishadilar. 
Biroq ko’p holllarda, ma’ruzachi va opponentlar, 
qo’shimcha ma’ruzachilardan tashqari, hech kim 
seminarga jiddiy tayyorlanmaydi. So’zga chiquvchilarni 
o’zlari ham faqat bir savolni o’rganadilar. SHu bilan birga, 
odatiy seminar ishiga “quruq nazariyalik” elementini 
kiritib, 
bunday 
mashg’ulotlar 
talabalarda 
ba’zi 
qiziqishlarni uyg’otadi. Talabalarni har birini qo’shimcha 
ma’ruzachi yoki opponent sifatida tayyorlanib kelishga 
o’rgatish juda muhim hisoblanadi. Referatli ma’ruzalarni 
yakuniy seminarda, uning asosiy savollari avvaldan 
muhokama qilib bo’lingan, katta bir mavzu bo’yicha 


179 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Press-konferentsiya. 
Qisqa so’zga chiqishdan so’ng birinchi savol bo’yicha 
ma’ruzachiga (agarda ma’ruzalar bir qator talabalarga 
berilgan bo’lsa, o’qituvchining o’zi ulardan biriga so’z 
beradi) so’z beriladi. SHundan so’ng har bir talaba 
ma’ruza mavzusi bo’yicha unga savol berishi lozim. Savol 
va javoblar seminarning markaziy qismini tashkil etadi. 
Qancha ko’p jiddiy tayyorgarlik ko’rilsa, savollar 
shunchalik chuqur va mahoratli beriladi. Savollarga avval 
ma’ruzachi javob beradi, so’ngra u yoki boshqalar 
bo’yicha istagan bir talaba o’z fikrini bildirishi mumkin. 
Bunday holatlarda qo’shimcha ma’ruzachilar, agarda 
shundaylar belgilangan bo’lsa,faol bo’ladilar. O’qituvchi 
har bir muhokama qilinayotgan savol bo’yicha, yoki 
seminar yakunida o’z xulosasini qiladi. 
O’zaro o’qish. 
Tushunish 
va 
o’zlashtirish 
uchun 
eng 
ko’p 
murakkablikdagi savollarni o’rganish asosiy maqsadga ega 
bo’lgan, seminar. Seminar mobaynida talabalarni o’zaro 
o’qishga yo’naltirish muhim hisoblanadi: har kichik-
guruhga mavzuning bir savoli beriladi, bu bo’yicha ular 
ishlaydilar va bunga asos (ekspert varaqlar – savolni 
yoritish rejasi, tayyorlangan ma’lumotlarni vizual taqdim 
etish bo’yicha tavsiyalar) beriladi. Ekspert guruhlarning 
ish natijalari taqdimotidan so’ng o’qituvchi xulosalar 
qiladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling