Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet2/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

 
 
 
 
 
 



MAJMUANING QISQACHA ANNOTATSIYASI 
 
 
O’quv-uslubiy majmua – Bakalavriat ta’lim bosqichilarining O’quv rejalarida 
aks etgan fanlar bo’yicha professor-o’qituvchining dars jarayoniga o’quv-uslubiy 
tayyorligini tasdiqlovchi muhim mezon, me’yoriy-uslubiy hujjatdir. 
Majmuaning asosiy maqsadi – fanning o’qituvchisi tomonidan fanning 
mazmunini chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda talabalarga yetkazish va 
o’quvchining fanni mukammal o’zlashtirishi uchun zarur bo’lgan asosiy o’quv-
uslubiy va axborot-resurs manbaini yaratish hisoblanadi.
O’quv-uslubiy majmua “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” ta’lim 
yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, quyidagi tarkibiy tuzilishga ega: 
fanning me’yoriy-uslubiy ta’minoti,
fanning mazmuni va axborot-resurs ta’minoti,
fanni o’qitishning interaktiv texnologiyalari,
talabalarning bilimini baholash uslubiyoti, 
qo’shimcha elektron ta’lim resurslarini o’z ichiga olgan. 
Ilg’or xorijiy tajribalar bilan uzviylik. 
Mazkur majmua ilg’or xorijiy tajribalarni keng o’rganish, umumlashtirish va 
undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir. 
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va tadqiqotlarning 
mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Meriland Universiteti, Arkanzas 
Universiteti, Montana davlat universiteti, Oxoyo davlat universiteti, Oksford 
Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk 
Britaniya), Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (Yaponiya), 
Kemyong Universiteti (Koreya Respublikasi), SHanxay Universiteti (XXR) va 
boshqa yetakchi xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling