Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


Majmuani takomillashtirish masalalari

bet3/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

Majmuani takomillashtirish masalalari. 
Elektron o’quv-uslubiy majmua o’quv yili mobaynida xalqaro va milliy 
iqtisodiyot tizimidagi o’zgarishlar va tendentsiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar, 
ularga kriritilgan o’zgartirishlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada 
chop etilgan yangi o’quv va ilmiy adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya 
borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam 
takomillashtirilib boriladi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z ichiga quyidagi vazifalarni oladi: 
- birinchidan, agrosanoat majmuasining tarkibini va uni takomillashtirishni 
o’rganish; 
- ikkinchidan, majmua tarmoqlarida ishlab chiqarishning o’ziga xos 
xususiyatlarini o’rganish; 
- uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida samarali hamkorlik, integratsiya 
va kooperatsiyani ta’minlashning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; 
to’rtinchidan, agrosanoat majmuasi mahsulotlari bozor kon’yunkturasini tahlil 
qilish yo’llarini va usullarini bilish;



- beshinchidan, turli iqtisodiy matematik modellar yordamida agrosanoat 
majmuasi tarmoqlari natijalarini tahlil qilish va istiqbollashni amalga oshirish 
yo’llarini aniqlash; 
- oltinchidan, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va majmuaning 
eksport salohiyatini oshirish yo’llarini belgilashni o’rganish; 
- yettinchidan, agrosanoat majmuasi sub’ektlarining bozor strategiyasini tanlash 
bo’yicha turli holatlarni tahlil qilish va qarorlar qabul qilishni o’rganadi. 
- sakkizinchidan, agrosanoat majmuasini barqaror va jadal rivojlanish 
tendantsiyalarini aniqlash. 
SHuningdek, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani boshqa iqtisodiy fanlarni 
chuqur o’rganishda zarur bo’lgan ilmiy xulosalar, usullar asosida ijobiy manbalardan 
biri sanaladi va o’z navbatida boshqa iqtisodiy fanlardan o’z predmetini o’rganishga 
yordam ko’rsatadigan ilmiy natijalardan foydalanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling