Ta’limiy o’yin.
O’qitish samaradorligini uning ishtiroqchilarini nafaqat
bilimlarni olish jarayoniga faol jalb qilish, balki ularni
(hozir va shu yerda) foydalanish orqali oshirishga imkon
beradi; o’zgaruvchan vaziyatlarda o’zini tutish taktika
ko’nikmalarini shallantiradi; virabativaet dinamiku
rolevogo povedeniya; amaliyot imitatsiyasini ifodalaydi;
aniq ko’nikma va malakalarni shakllantirishga va ishlab
berishga qaratilgan.
Seminar natijaviyligini uning tashkiliy-uslubiy ta’minoti
belgilaydi: o’yinning texnologik xaritasini ishlab chiqish;
o’yin atributlarini va materiallar paketini: vaziyat bayoni,
ishtiroksilar uchun yo’riqnomalar, personajlar ta’rifi (agar
o’yin rolli yoki ishbilarmon bo’lsa)yoki vaziyatli
ko’rsatmalar (agar o’yin modellashtiruvchi bo’lsa)
tayyorlash.
Amaliy topshiriqlarni bajarish.
Amaliy topshiriqlarning ko’pchiligi kichik guruhlar
tarkibida bajariladi va quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi: yo’riqnoma berish → o’quv topshiriqni bajarish
bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishish → topshiriqni
bajarish → natijalarning ommaviy taqdimoti → natijalarni
umumlashtirish va baholash.
Masalalar yechish bo’yicha mashq.
Yakka tartibda amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlarni
o’z ichiga oladi: yo’riqnoma berish – masalani yechish –
natijalarni tanlama taqdimoti - umumlashtirish.
Muammoli masalalar va vaziyatlarni yechish.
Muammoli masalalar va vaziyatlarniishlab chiqish juda
katta mexnat talab qiladi. Lekin talabalar tomonidan
amaliy kasbiy faoliyatdan olingan muammoli masalalarni
yechish va muammoli vaziyatlarni ko’rib tahlil qilish
nazariyani haqiqqiy amaliyot bilan bog’lashga imkon
beradi. Bu o’qitishni faollashtirishga imkon beradi,
talabalarga o’rganilayotgan materialni amaliy foydasini
tushunishga yordam beradi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |