Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmetini

bet43/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

1.2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmetini 
o’rganish usullari 
 
Barcha fanlar o’z o’rganish predmetiga ega. Ular o’z predmetlarini o’rganishda turli 
tuman usullardan foydalanadilar.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z predmetini o’rganishda quyidagi 
muayyan usullardan ko’proq foydalanadi. Fan o’z predmetini o’rganishda foydalanadigan 
usullarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga o’rganishning umumfan usullari 
kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraktsiya, induktsiya, deduktsiya, qiyosiy tahlil, tarjiba, faraz, 
kabilar kiradi. Ikkinchi guruhga maxsus usullar kiradi. Bularga: monografik tadqiqotlar, 
iqtisodiy–matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash
iqtisodiy-statistik, balans, hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani tarixiy fandir. U o’z shakllanish va rivojlanish 
tarixiga ega. Fanning muammolarini o’rganish juda qadim davrlarga borib qadaladi. Lekin 
alohida fan sifatida shakllanganiga uncha katta vaqt bo’lgan emas. Adabiyotlarda 
“agrosanoat integratsiyasi”, “agrobiznes”, “agrosanoat majmuasi” tushunchalarining paydo 
bo’lishi 1950 yillar oxiriga to’g’ri keladi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” alohida fan 
sifatida 1960 yillardan boshlab o’rganila boshlandi. Bizning mamlakatimizda bu fan 1970 
yillarning o’rtalarida shakllandi va mutaxassislar tomonidan o’rganilib, rivojlantirilmoqda. 
Fan o’z predmetini o’rganishda tarixiy–dealektik rivojlanish usulidan ham keng 
foydalanadi. Bunda majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o’zgarish uning boshqa 
tarmoqlari foliyatida o’z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi. Demak, “Agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyoti” fani boshqa iqtisodiy fanlar kabi iqtisodiyotda yuz berayotgan 
barcha o’zgarishlarni bir-biriga bog’liq holda o’rganadi. 



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling