43
1.3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining vazifalari
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy maqsadi o’quvchilarni
majmuaning iqtisodiy masalalari bo’yicha davlat standartlari darajasida barcha zaruriy
bilimlar majmuasi bilan qurollantirishdir. Mutaxassislarga majmuada yuzaga keladigan
ko’plab iqtisodiy muammolar va masalalarning mo’’tadil yechimini topishda nazariy asos
bo’lib xizmat qiladi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi o’quvchilarni agrosanoat
majmuasi tarmoqlarida iqtisodiyotning dolzarb masalalari bilan tanishtirish, ularni yechish
bo’yicha mutaxassilarga yetarli darajada bilim berishdir. Ushbu masalalarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
agrosanoat integratsiyasi;
agrosanoat majmuasi tarmoq tarkibi;
agrosanoat majmuasi tarmoqlari rivojlanishining hozirgi holati;
majmua tarmoqlaridagi ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yo’llari;
agromarketing;
agrosanoat majmuasi menejmenti;
majmuaning moliya va kredit, soliq siyosati;
agrosanoat majmuasi tarmoqlarini rivojlantirish yo’nalishlari.
Ushbu masalalarni to’g’ri tushunish va ularning yechimlari to’g’risidagi bilimlar
bilan talabalarni, mutaxassislarni qurollantirish agrosanoat majmuasining asosiy
vazifalaridan hisoblanadi.
44
2-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINING MOHIYaTI VA TARKIBI
2.1. Agrosanoat integratsiyasi. “Agrosanoat majmuasi” tushunchasi, uning
mohiyati.
2.2. Agrosanoat majmuasining tarkibi (tuzilmasi)
2.3. Agrosanoat majumasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni
2.4. Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
2.1. Agrosanoat integratsiyasi. “Agrosanoat majmuasi” tushunchasi, uning
Download Do'stlaringiz bilan baham: |