Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


 Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati

bet59/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

7.2. Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati 
Qishloq ho’jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat 
kasb etgan soha bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
 mamlakatmizni oziq-ovqat fondini shakllantiradi;
 yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini, xavfsizligini ta’minlaydi;
 qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun homashyo yetkazib 
beradi; 
 aholini ish joylari bilan ta’minlaydi.
Bugungi kunda mamlakat yengil va to’qimachilik sanoatida ishlatilayotgan tolaning 70 
foizidan ortiqrog’i o’zimizda ishlab chiqarilgan paxta tolasi hisobiga qondirilmoqda. Qolgan 
30 foizga yaqin qismi jun, kanop, pilla va kimyoviy tolalarga to’g’ri keladi.
Mamlakat iqtisodiyotida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligining 
ulushi yildan yilga kamayib bormoqda. 1991 yilda qishloq xo’jaligi yalpi ichki 
mahsulotdagi ulushi 36,1 foizni 2000 yilda 30,1, 2015 yilda 16,8 foizni tashkil etdi. Bu 
ijobiy holat bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining sanoatlashib borayotganini ko’rsatadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan erkin harakatdagi qattiq valyuta 
tushumining yirik bir qismi shu tarmoq mahsulotlari yoki uning mahsulotlaridan 
tayyorlangan tovarlarni eksport qilishdan olinadi. Jumladan, 1990 yilda eksportning hajmi 
442,7 million AQSH dollari miqdorida bo’lib uning 59,7 foizi paxta tolasiga to’g’ri kelgan. 
2000 yilda jami eksport miqdori 3264,7 million AQSH dollari miqdorida bo’lib, unda paxta 
tolasining ulushi 27,5 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari ulushi 5,4 foizni tashkil etgan. 2005 
yilda jami eksportda paxta tolasining ulushi 19,1 foizni, oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 
3,8 foizni tashkil etdi. 2011 yilda jami eksportda paxta tolasining ulushi 9,0 foizni, oziq-
ovqat mahsulotlari ulushi esa 13,2 foizni tashkil etgan. 2015 yilda bu ko’rsatkichlar mos 
ravishda 5,6 va 14,2 foizni tashkil etdi. 
Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqatning 96 foizidan ko’prog’i qishloq 
xo’jaligida ishlab chiqariladi. Aholining 2008 yilgacha 60 foizidan ortiqrog’i qishloq 
joylarda yashar edi. 2015 yilga kelib mamlakat aholisining yarmidan kamrog’i qishloq 
joylarda istiqomat qilmoqda.

Минаков И.А и др. Экономика отраслей АПК. Учебник. –М.: КолосС, 2004.-464. (17с.) 



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling