Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet58/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

 


59 
7-BOB. QISHLOQ XO’JALIGI - AGROSANOAT MAJMUASINING ASOSIY 
BO’G’INI 
 
7.1. Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
7.2. Qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati 
7.3. SHirkat xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
7.4. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari 
7.1. Qishloq xo’jaligi - agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, uning o’ziga xos 
xususiyatlari 
7.2.
Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi asosiy bo’g’ini bo’lib, uning rivojlanishi 
agrosanoat majmuasining jadal va barqaror rivojlanishining asosi hisoblanadi. Qishloq 
xo’jaligi quyidagi sabablarga ko’ra agrosanoat majmuasining asosiy bo’g’ini, yadrosi 
hisoblanadi: 
 qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasiga kiruvchi sanoat tarmoqlari chiqarayotgan ishlab 
chiqarish vositalarini asosiy iste’molchisi. Sanoatning bu tarmoqlari oldigan qanday 
mahsulotlar chiqarishi lozimligi to’g’risida talablarni qo’yadi; 
 hududlar bo’yicha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning hajmi qayta 
ishlash tarmoqlari korxonalarining joylashishiga va rivojlanishiga asos bo’ladi; 
 sanoatda ishlab chiqarilgan ishlab chiqarish vositalarining samaradorligi qishloq 
xo’jaligida yuzaga chiqadi; 
 qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi oxir oqibatda agrosanoat majmuasida 
mehnatning unumdorligi darajasini belgilaydi; 
 qishloq xo’jaligida mahsulot va ishlar tannarxi agrosanoat majmuasi mahsulotlari 
tannarxining darajasini belgilaydi; 
 qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayonlarining sanoatlashishi uni qayta ishlash 
tarmoqlari bilan integratsiyalashuvining asosi hisoblanadi.
Agrosanoat majmuasining asosini tashkil etadigan qishloq xo’jaligi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar boshqa tarmoqlardan qishloq xo’jaligini farqlab turadi 
va ishlab chiqarishni tashkil etishda o’z talablarini qo’yadi. Bu xususiyatlar quyidagilardan 
iborat:
1. Qishloq xo’jaligi tabiiy omillarning ta’siri katta. Ob-havoning keragidan issiq yoki 
sovuq kelishi, yog’ingarchilikning me’yoridan ko’p yoki kam bo’lishi qishloq xo’jaligida 
qilinayotgan mehnatning natijasi turlicha bo’lishiga olib keladi.
2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. 
Bu, o’z navbatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki 
bioligik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni 
talab qiladi..
3. Qishloq xo’jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan 
foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga 
olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi.
4. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natijasida 
olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida farq katta.
5. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi.


60 
6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bir qismini o’zi urug’lik, yem – 
xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi.
7. Qishloq xo’jaligi mahulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash murakkab.
8. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxlari noelastik hisoblanadi. Buning natijasida 
qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talab ham noelastik bo’ladi. Ko’plab rivojlangan 
davlatlarda qishloq xo’jaligi mahsulotlaraning narxga nisbatan elastiklik koeffitsienti 0,2-
0,25 ni tashkil etadi. Bu degani qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabni 10 foiz 
oshirish (qishloq xo’jaligi mahsulotlari xaridini 10 foizga ko’paytirsh) uchun ularni narxini 
40-50 foizga tushirish kerak degani.

9. Ishlab chiqarishning fond bilan ta’minlanish darajasining yuqoriligi. Mablag’larning 
aylanishi tezligi juda sekin yuz beradi. Bu qishloq xo’jaligini investorlar uchun 
jozibadorligini pasaytiradi.
10. Qishloq xo’jaligida juda ko’plab bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 
korxonalarning mavjudligi. Bu xususiyat natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida 
erkin raqobat muhiti yuzaga keladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling