Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
11-BOB. AGROSANOAT MAJMUASIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati
- Mahsulot tannarxi deganda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi.
80
11-BOB. AGROSANOAT MAJMUASIDA ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOTLAR TANNARXI 11.1. “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati 11.2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibi 11.3. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini pasaytirish yo’llari 11.1. “Tannarx ” tushinchasi, uning moxiyati Har qanday ishlab chiqarish ma’lum xarajatlar bo’lishini talab qiladi. Boshqacha aytganda, biror bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar sarf qilinadi. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasidan “mahsulot tannarxi” tushunchasi kelib chiqadi. Mahsulot tannarxi deganda mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning puldagi ifodasi tushuniladi. Mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining bir qismi hisoblanadi. Mahsulot qiymati bilan tannarxi o’rtasidagi farq umumiy holda foyda miqdorini ifodalaydi. Tannarx iqtisodiy kategoriya bo’lib iqtisodiy samaradorlikning muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. Tannarx ishlab chiqrilayotgan mahsulotning, ko’rsatilayotgan xizmatning qanchaga tushganini bildiradi. Iqtisodiy fan tannarxning ikki turini bir-biridan farqlaydi. Birinchisi, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidir. Bu mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasidir. Ikkinchisi, mahsulot birligining to’liq tannarxi. Mahsulot birligining to’liq tannarxi uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlarning puldagi ifodasidir. Bundan tashqari texnologik tannarx ham aniqlanadi. Texnologik tannarx deganda korxona ichidagi tsexlar, oila pudratida mahsulot birligini ishlab chiqarish qilingan xarajatlarning puldagi ifodasiga tushuniladi. Texnologik tannarxga korxonani boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog’liq xarajatlar qo’shilganda ishlab chiqarish tannarxi kelib chiqadi. Xo’jaliklar doirasida reja va hisobot tannarxi ham hisoblanadi. Reja tannarxi me’yor asosidagi xarajatlar bo’yicha hisoblanadi va olinishi kutilayotgan mahsulot miqdori asosida belgilanadi. Hisobot tannarxi esa xaqiqatdan qilingan xarajatlar va haqiqatda olingan mahsulot miqdori asosida aniqlanadi. Mahsulot tannarxi umumlashtiruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatning unumdorligi, ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik va intensivlashganlik darajasi, tejamkorlik, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi, texnikalardan va fan yutiqlaridan qay darajada foydalanilayotganligi ifodalanadi. Mahsulot tannarxining darajasi korxonaning, ishlab chiqarishning kelajagini belgilaydi. Agarda mahsulot birligi tannarxi shu mahsulot bozoridagi narxdan baland bo’lsa, bu mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltiradi. Bu esa, o’z qonuniyati asosida shu mahsulotning tannarxini belgilaydi. Ya’ni uni ishlab chiqarayotgan korxonada aynan shu mahsulot asosiy mahsulot hisoblansa, korxona bankrot holatiga tushib qoladi. Agarda, mahsulot tannarxi shu mahsulot bozorida shakllangan narxdan past bo’lsa, uni ishlab chiqaruvchi foyda oladi. Bu esa, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti talabiga javob beradi degan so’z. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarish, xizmat turi, korxona foyda olgan taqdirdagina o’z foliyatini davom ettirishi mumkin. Individual va tarmoq tannarxi ham mavjud. Individual tannarx – bir mahsulotning bir karxona miqiyosida shakllangan tannarxidir. Tarmoq tannarxi esa, alohida ishlab 81 chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxi asosida tarmoq bo’yicha o’rtacha hisoblangan ko’rsatkichdir. Tannarx iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha xarajatlarni hisobini va ularni nazoratini olib boradi; - mahsulotlar narxini belgilashning asosi bo’lib xizmat qiladi; - foyda, rentabellikni hamda soliqlarni aniqlashga asos bo’ladi; - qishloq xo’jaligiga investitsiyalarning maqsadga muvofiqligini iqtisodiy baholashda asos bo’ladi; - boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling