Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti

bet86/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

 
 
 


94 
15-BOB. AGROSANOAT MAJMUASINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA 
SOLISH VA QO’LLAB-QUVVATLASH 
15.1. Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-
quvvatlashning zarurati va mohiyati. 
15.2. Agrosanoat majmuasi tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solish va 
qo’llab-quvatlash. 
 
15.1. Agrosanoat majmuasini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-
quvvatlashning zarurati va mohiyati 
 
Agrosanoat majmuasini tartibga solish va qo’llab-quvvatlash ob’ektiv zarurat sanaladi. 
Aholi sonining oshib borishi, ularning moddiy sharotlari, imkoniyatlarining kengayishi va 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish resurslarining aholi jon boshiga hamda 
absolyut kamayib borishi qator zaruririy talablarni keltirib chiqaradi. Bularning eng muhimi 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni deyarli barcha hudud va yerlarda tashkil 
etishning zaruratidir. Yer esa qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi asosiy vosita 
sanalada va uning unumdorligi turli hududlarda turlichadir. Yomon, ya’ni unumdorligi past 
yoki suv bilan yomon ta’minlangan yerlar, sho’rlangan yerlar va x.z. yerlarda ham qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishga majburmiz. Yomon yerlarda qishloq xo’jaligi 
mahsulotlari yetishtirayotganlarning mehnati yaxshi yerlardagiga qaraganda bir necha marta 
kam daromad keltirishi mumkin. Bu masalani ham yechishda davlatning aralashuvi lozim.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tabiiy iqlim sharoitlariga bog’liqligi ham davlat 
aralashuvini talab qiladi. Albatta agrosanoat majmuasiga kiruvchi iqtisodiy sub’ektlar bozor 
iqtisodiyoti qonuniyatlariga ham maksimal amal qilishi talab qilinadi. Aks holda juda katta 
muammolar yuzaga kelishi, qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi, raobatbardoshligi 
pasayishi yuz berishi mumkin. Bu holatda eng avvalo aholi, davlat katta zarar ko’radi. 
Bundan holda aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatiga homashyo 
yetishmasligi oqibatida soliqlardan davlat katta zarar ko’rishiga sababchi bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi davlat bozor munosabatlarni 
rivojlantirish maqsadida tegishli chora-tadbirarni ko’rmoqda. Ayniqsa huquqiy bazani 
takomillashtirish ustida jiddiy ishlar olib borilmoqda.



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling