Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
18 –BOB. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI QISHLOQ XO’JALIGI
|
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.4. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini taribga solish va qo’llab- quvvatlash
109
18 –BOB. AMERIKA QO’SHMA SHTATLARI QISHLOQ XO’JALIGI 18.1. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati 18.2. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tarkibi 18.3. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida mahsulotlar ishlab chiqarish 18.4. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligini taribga solish va qo’llab- quvvatlash 18.1. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati Qishloq xo’jaligi Amerika Qo’shma SHtatlari iqtisodiyotining muhim tarmog’i sanaladi. Amerika Qo’shma SHtatlari dunyoda eng ko’p qishloq xo’jaligi mahsulot ishlab chiqarish davlat hisoblanadi. Amerika Qo’shma SHtatlarida subtropik mahsulotlar kofe, kakao, banan kabi mahsulotlardash boshqa barcha qishloq xo’jaligi mahsulotlari ichki talabdan ko’p yetshitiriladi. Ichki talabdan ortgan qismi eksportga yo’naltirilgan. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksport qilish bo’yicha ham dunyoda birinchi o’rinda turadi. Dunyo qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportining qiymat o’lchovida 15 foizdan ortig’i Amerika Qo’shma SHtatlari hisobiga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligi Amerika Qo’shma SHtatlari yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3 foizni tashkil etadi. Qishloq xo’jaligi iqtisodiy faol aholining 4 foizi band. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida 2,4 million kishi band. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi o’zi va dunyo aholisi uchun juda katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi yuqori tovarliligi bilan ajralib turadi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligiga xos xususyatlardan biri mehnat unumdorligi nisbatan juda yuqori ekanligidir. Yana bir o’ziga xosligi mamlakat hududlari bo’yicha juda kuchli ixtisoslashishning mavjudligidir. Bu ixtisoslashish tabiy shart sharoitlarning mavjudligi va hududning tarixiy rivojlanish xususiyatlari bilan belgilangan. Amerika Qo’shma SHtatlari tabiati qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun qulay hisoblanadi. Amerika Qo’shma SHtatlarining Kongressi juda keng tekisliklari, yaylovlarini o’zlashtirish maqsadida 1862 yilda nisbatan past narxlarda qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yer egasi bo’lish imkonini beruvchi qonun qabul qilindi. Bu o’z natijasini berdi. Bugungi kunda 48 ta shtatning 80 foizga yaqin yeri qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalanilmoqda. Amerika Qo’shma SHtatlarining aholisining migratsiyaga moyilligi yuqori bo’lganligi ham mamlakat qishloq xo’jaligini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari kichik xususiy fermer xo’jaliklaridan iborat bo’lib, ularning ichki talabdan ortgan mahsulotning iste’molchilari Yevropa davlatlari edi. Keyinchalik temir yo’llarning qurilishi Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tovarlilik darajasini keskin oshishiga sababchi bo’ldi. 1940 yillargacha Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan rivojlandi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling