Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


 Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tarkibi

bet95/123
Sana19.11.2023
Hajmi
#1786224
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123
Bog'liq
сотволдиев н. агросаноат мажмуаси иктисодиёти умк

18.2. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligining tarkibi 


110 
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi eng avvalo don ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. Donning juda ko’plab turi yetishtiriladi ammo bug’doy va makkajo’xori 
yetakchi o’rinni egallaydi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida katta miqdorda 
meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtiriladi.
Amerika Qo’shma SHtatlarining janubiy hududlarida paxtachilik, tamakichilik, 
shakar qamish, tsitrusli mevalar, bog’dorchilikda bodom yetishtirish, uzumchilik 
rivojlantirilgan.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida chorvachilik ham yuqori darajada 
taraqqiy etgan. Asosan qoramolchilik, qo’ychilik, cho’chqachilik va parrandachilik intensiv 
rivojlantirilgan.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida yirik xo’jaliklari asosiy ishlab 
chiqaruvchilar sanaladi. 1 foizga yaqin yirik xo’jaliklari Amerika Qo’shma SHtatlari 
qishloq xo’jaligi tovar mahsulotlarining 40 foizdan ortiqrog’ini yetishtiradi. Fan texnika 
revolyutsiyasi mamlakat agrosanoat majmuasini shakllantirdi. Amerika Qo’shma 
SHtatlarida agrosanoat majmuasi agrobiznes deb yuritildi. Amerika Qo’shma SHtatlari 
agrobiznesi qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birgalikda uni tayyorlash, 
saqlash, qayta ishlash, sotish va qishloq xo’jaligi mashinasozligi, mineral o’g’itlar, 
kimyoviy vositalar ishlab chiqarish kabi xizmatlari o’z nazratiga oluvchi tizimdir. Fan 
texnika tarqqiyoti qishloq xo’jaligi sanot tipidagi ishlab chiqarishga aylantira bordi. 
Natijada “donfabrikalari”, “broylerfabrikalari”, “paxtafabrikalari” degan tushunchalar 
yuzaga keldi.
Natijada qishloq xo’jaligida fermkerlarning malakasi va bilimi, mehnat unumdorligi 
keskin oshdi. Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida hosildorlik va mahsuldorlik 
Yevropa hamjamiyati davlatlaridagiga qaraganda past bo’lishiga qaramasdan, bir kishi 
hisobiga ishlab chiqarilga mahsulotning miqdori bo’yicha ustunlikka ega bo’ldi. Amerika 
Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida bir kishi 50 kishiga yetarli oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarmoqda.
Amerika Qo’shma SHtatlari yer fondi (Alyaskasiz) 770 million gektarni tashkil etadi. 
SHundan haydaladigan yerlar 20 foizni, pichanzor va yaylovlar 50 foizni, mol 
boqilmaydigan 15 foiz zaxira yerlar qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun ajratilgan. Ayova 
shtatida haydaladigan yerlar fermer xo’jaliklari yerlarining 90 foizini tashkil etadi.
Amerika Qo’shma SHtatlarida 17 million gektar sug’oriladigshan yerlardan 
foydalaniladi. SHuning 75 foizi g’arbiy shtatlarda joylashgan. Keyingi paytlarda 
namgarchilikni barqaror emasligi tufayli buyuk pasttekisliklarda joylashgan shtatlarda ham 
sug’orish ishlariga e’tibor kuchaymoqda. 
Jami ekin maydonlarining 65 foizi don yetishtirish uchun ajratilgan. Yem uchun don 
yetishtirish bug’doy yetishtirishdan 4 marta ko’p. Birgina makkajo’xori 30 million gektarga 
ekiladi. Uning hosildorligi o’rtacha 55-56 tsentnerni tashkil etadi. Makkajo’xorinnig 75 
foizga yaqinini Ayova, Illinoys va Indiana va ularga yaqin shtatlar beradi. Makka soya, arpa 
va beda bilan almashlab ekiladi.
Yiliga 25-30 million gektarga bug’doy ekiladi. Bug’doyning o’rtacha hosildorligi 20-
21 tsentnerni tashkil etadi.
Soya 1920 yillardan ekila boshlagan va dunyoda yetishtirladigan soyaning 60 foizi 
Amerika Qo’shma SHtatlarida yetishtiriladi. Mamlakat aholisining moyga bo’lgan 
talabaning 65 foizi soya moyi sanaladi. Soya parranda va chorva uchun ozuqa sifatida ham 
ishlatiladi.
19 asrda paxta tolasi mamlakat eksportining asosiy tovari sanalgan. Kimyoviy tola 
ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi paxtachilikning keskin kamayishiga olib keldi. 


111 
Hozirda Missisipi daryosi bo’ylarida Texas, Kaliforniya, Arizona shtatlarida paxtachilik 
saqlanib turibdi. 5 million gektardan ortiqroq yerga paxta ekiladi. 2,6 million tonna paxta 
tolasi va 6,0 million tonna paxta chigiti yetishtiradi. Paxta chigiti moy olishda soyadan 
keyingi ikkinchi o’rinda turadigan mahsulot sanaladi. Amerika Qo’shma SHtatlari paxta 
tolasi eksportida birinchi o’rinda turadi. 
Amerika Qo’shma SHtatlari tamaki yetishtirida dunyoda birinchi o’rinda turadi. 
Tamaki og’ir mehnat bilan bog’liq bo’lganligidan unchalik Appalachi tog’oldi hududlarida 
(janubiy-sharqiy shtatlar) uncha katta bo’lmagan massivlarda, kichik fermalar tomonidan 
yetishtiriladi. 
Michigan, Florida, Luiziana shtatlarida shakar qamish yetishtirladi. Amerika 
Qo’shma SHtatlari o’zini shakar bilan ta’minlay olmaydi va uni Puerto-Riko, Fillipin va 
boshqa davlatlardan import qiladi.
Kaliforniya va Flori shtatlari 70 foiz mevani beradi. Apelsin va limonni 100 foizi shu 
shtatlarda yetishtirladi.
Men va Yangi Angliya shtatlarida lalmi kartoshka, Aydaxoda sug’oriladigan yerda 
yetishtiriladi.
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligi tovar mahsulotda chorvachilikning 
ulushi 55 foizdan ortiqroq. CHorvachilikda go’sht yo’nalishi asosiy sanaladi. Buyuk tekislik 
shtatlarida (g’arbiy shtatlar) makka bilan jo’xori (sorgo) yetishtirish ko’paydi va omuxta 
yem ishlab chiqarish rivojlandi. Bu esa agrobiznesda “go’shtfabrikalari”ning yuzaga 
kelishiga sabab bo’ldi. 
CHo’chqachilik go’shti yog’li bo’lganligi sababli qoramol go’shtiga nisbatan talab 
past. Makka poyasida rivojlangan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin parrpandani go’shtga sanoat asosida boqish (broyler) keskin 
rivojlandi. Uning 90 foizi Jorjiya, Alabama, SHimoliy va Janubiy Karolina shtatlarigato’g’ri 
keladi. 
Amerika Qo’shma SHtatlari qishloq xo’jaligida bozorda talabning o’zgarishiga 
qarab, cheklovlarni qo’llab turadi. Bu esa raqobatni keskinlashuviga olib keldi. Natijada 
kuchli, yirik, ixtisoslashgan xo’jaliklar bozorda o’z o’rnini saqlab turibdi. Ixtisoslashgan 
xo’jaliklar odatda 50 foizdan ortiq daramodlarini bir turdagi mahsulotni sotishdan oladigan 
xo’jaliklardir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling