Namangan davlat universiteti n. Sotvoldiyev biznesni tadqiq etish
Download 6.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Сотволдиев Н. Бизнесни тадкик этиш усуллари УМК
Biznesni tadqiq etish usullari
61 2.3-rasm. Yalpi ichki mahsulotning tarmoqlar bo’yicha tarkibi 24 yanvar-sentyabr holatiga (jamiga nisbatan foizda) 2017 yilning yanvar-sentyabrda YaIM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 50,7 foizni tashkil qildi, bu esa 2016 yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 0,6 punktga kamdir (51,3 foiz). Jumladan, tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari 0,6 punktga kamaydi va hisobot davrida 13,1 foizni tashkil qildi. Savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar ulushi 0,5 punktga oshdi va 11,6 foizni tashkil qildi, xizmat ko’rsatuvchi boshqa tarmoqlar ulushi 2016 yil yanvar-sentyabrdagi 26,5 foizdan 2017 yil yanvar-sentyabrda 26,0 foizga tushdi. Mulkchilik shakllari bo’yicha YaIM umumiy hajmining 80,3 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektoriga, 19,7 foizi - davlat sektoriga to’g’ri keldi. 2017 yilning 9 oylik ma’lumotlariga ko’ra YaHMning yuqori o’sish sur’atlari Andijon viloyatida (107,1 foiz), Xorazm viloyatida (106,7 foiz) va Toshkent shaxrida (106,1 foiz) kuzatildi. Yalpi hududiy mahsulot o’sish sur’atlarining respublika darajasiga (105,3 foiz) nisbatan past ko’rsatkichlari Sirdaryo (99,0 foiz), Navoiy (100,7 foiz), Buxoro (103,0 foiz) va Surxondaryo (103,0 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda. 24 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi. 2017 yil Biznesni tadqiq etish usullari 62 2.5-rasm. YaIMni shakllantirishda xududlarning ishtiroki 25 2017 yil yanvar-sentyabr holatiga (YaIMga nisbatan foizda) Respublika bo’yicha YaIMni shakllantirishda Toshkent shahri 15,5 foizli ulush bilan yetakchilik qilmoqda, Toshkent va Samarqand viloyatlari mos ravishda 10,8 foiz va 7,2 foiz ko’rsatkichi bilan keyingi o’rinlarni egallashgan. YaHMning eng kam ulushi Sirdaryo viloyatida (1,9 foiz), Jizzax viloyatida (2,5 foiz), Xorazm viloyatida (3,4 foiz) va Qoraqalpog’iston Respublikasida (3,4 foiz) kuzatildi. Respublikamizda xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari jadal sur’atlar bilan rivojlantirilmoqda. 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi. 25 O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi. 2017 Download 6.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling