Biznesni tadqiq etish usullari
187
QO’LLANILADIGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI SHARHI
1. Ma’ruza mashg’ulotlarning tashkil etishning asosiy shakllari
Ma’ruza mashg’uloti – OO’Yuda o’qitishni tashkil etishning yetakchi shakli
hisoblanadi, bilimlarni birlamchi egallashga yo’naltirilgan.
Ma’ruzani asosiy belgilanishi – o’qitishni nazariy asosini ta’minlab berish, o’quv
faoliyatga va aniq o’quv fanga
qiziqishni rivojlantirish, kursantlarga o’quv kursi ustidan
mustaqil ishlash uchun orientirlarni shakllantirish.
Ma’ruza materiallarining mazmuni va hajmiga talablar
Ma’ruza materiallarining
mazmuni quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
- yangilik, ilmiylik, asoslilik va axborot uchun belgilanganlik;
- aniq, ishonchli misol, fakt, asosnoma va ilmiy
dalillarning mavjudligi;
- faktga asoslangan (statistik va v.h.) materiallarni ko’p emasligi.
Ma’ruza materiallarining
hajmi rejalashtirilgan mavzuni yoritish uchun yetarli bo’lishi
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: