Biznesni tadqiq etish usullari
192
amaliy
tayyorgarlik
darajasini nazorat qilish va
baholash
O’qituvchining talabalar bilan kollokviumlari (suhbatlashuvi)
odatda kursning u yoki bu mavzusi bo’yicha bilimlarini
aniqlash, uni chuqurlashtirish maqsadida olib boradi. U
ko’pincha 1) dasturda ko’zda
tutilmagan, lekin talabalarda
qiziqish uyg’otgan qo’shimcha mavzular bo’yicha; 2)
fanning
alohida murakkab, lekin talabalar
tomonidan yetarli darajada
o’zlashtirilmagan mavzulari bo’yicha qo’shimcha darslar
mobaynida; 3) ohirgi seminar mashg’ulotlarida javob bermagan
talabalarni birish darajasini aniqlash uchun.
Seminar-kollokvium mobaynida ma’ruza, referat va boshq.
Yozma ishlar tekshirilishi mumkin.
Yozma (nazorat) ish.
Talabalar nazorat savollariga javob beradilar/
testlarni
yechadilar/ nazorat topshiriqlarini bajaradilar. Ularning
to’plamini
to’g’ri
tuzish
muhim
hisoblanadi:
ular
rejalashtirilayotgan o’quv materialni o’zlashtirish
darajasiga
mos kelishligi kerak va ularni tekshirishni ta’minlashi kerak.
3. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalar
AQLIY HUJUM METODI
Aqliy hujum (breynstroming-aqllar to’zoni) – amaliy yoki ilmiy muammolar yechish
g’oyasini jamoaviy yuzaga keltirishda qo’llaniladigan metod.
Metod chegaralangan vaqt oralig’i ichida aniq muammo (savol, masala)ni
yechishning noan’anaviy yo’llarini izlash bo’yicha o’quvchilarni aqliy faoliyatini
yo’naltirishga asoslangan.
O’quv mashg’ulotidagi aqliy hujum uchun muammoni tanlash quyidagi tamoyillar
bo’yicha amalga oshiriladi:
tanlangan muammo nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi
hamda
o’quvchilarda faol qiziqish uyg’otishi kerak;
ko’p har xil ma’nodagi yechim variantlariga ega bo’lishi kerak.
O’qitish texnologiyasini ishlab chiqishda aqliy hujum metodi o’quv mashg’ulotining
bir lavhasi yoki butun mashg’ulotni o’tkazish asosi sifatida rejalashtirilgan bo’lishi mumkin.
Aqliy hujum metodining texnologik chizmasi 1-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: