Namangan Davlat Universiteti O. Ernazarov, M. X. Jiyanov


-§. Pretorlar huquqi bo'yicha vorislik


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/13
Sana29.09.2020
Hajmi0.8 Mb.
#131824
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
rim huquqi


3-§. Pretorlar huquqi bo'yicha vorislik
 
Pretorlik huquqining mohiyatidan biri shundan iboratki, ular vorislik 
munosabatlaridagi agnatlar qavm-qarindoshlarining o'rniga qon-qarindoshlik 
bilan bog'liq bo'lgan kognatlik vorislik munosabatlarini keltirib chiqardi. 

Pretorlar o'z ediktlarida vorislik munosabatlarini to'rtta navbatga bo'lib 
o'rganganlar. Lekin ba'zi adabiyotlarda pretorlik huquqi bo'yicha vorislik yettita 
navbatga bo'lingan. Umuman yetti qismga bo'lingan bo'lsada, ammo mazmuni 
shu to'rtta navbatdagi vorislik bilan tenglashtirilgan. 
 
Birinchi navbatdagi vorislarga vafot etgan shaxsning to'g'ri chiziq 
bo'yicha bog'liq bo'lgan bolalari, o'z bolalariga tenglashtirilgan barcha shaxslar 
hamda emansipasiya asosida ozod bo'lgan va farzandlikka berilgan bolalari, 
lekin ular vafot etgan shaxsning o'limiga qadar o'z xo'jayinidan ozod bo'lgan 
bo'lib hisoblangan bo'lsalar.
 
Demak, Rim huquqida birinchi bo'lib agnatlar qavm-qarindoshlari bilan 
kognatlar qavm-qarindoshlarining aralashib ketishi yuzaga keldi. 
 
Ikkinchi navbatdagi vorislar fuqarolik vorislarini to'liq asosda qabul qilib 
olgan ya'ni asosan agnatlar vorislik munosabatlaridan tashkil topgan. 
 
Uchinchi navbatdagi vorislarga kognatlar yetti pushti (yettita avlodi bilan 
bog'liq bo'lgan) qavm-qarindoshlari kiritilgan. 
 
To'rtinchi navbatdagi vorislarga asosan patronning oilasi, bolalari hamda 
keyingi navbatlarda patronning qavm-qarindoshlari ham vorislar (meros 
oluvchilar) bo'lib hisoblanganlar. 
 
 
 
4-§. Yustinian qonunlari bo'yicha vorislik munosabatlari
 
Imperator Yustinian davriga kelib 543 yilda qabul qilgan 118-sonli 
Novellasi hamda 548 yildagi 127-sonli Novellasi bilan qonun bo'yicha vorislik 
tizimini soddalashtirilib, qon-qarindoshlik munosabatlariga ya'ni kognatlar 
vorisligi tizimiga to'liq o'tdi. 
 
Imperator Yustinian tizimi bo'yicha meros oluvchilar navbati ham to'rtga 
bo'lingan. Birinchi navbatdagi vorislar - to'g'ri chiziq bo'yicha ya'ni vafot etgan 
shaxsning bolalari va o'lgan bolalarining bolalari ya'ni marhumning nevaralari. 
Nevaralari otasiga taalluqli bo'lgan hissani olib o'zaro bo'lib olishlari mumkin 
bo'lgan. 
 
Ikkinchi navbatdagi vorislar guruhiga - birinchi navbatdagi vorislar 
bo'lmagan taqdirda, yuqori chiziq asosidagi ota va onasi, buva va buvisi, vafot 
etgan shaxsning aka-uka, opa-singillari va ularning bolalari, agar ularning ota-
onalari meros ochilishidan oldin o'lib ketgan bo'lsalar, ular Yustinian qonunlari 
bo'yicha voris bo'ladilar, ular o'zlarining marhum ota-onalariga qonun bo'yicha 
tegishi lozim bo'lgan meros hissasidan bab-baravar meros oladilar. 
 
Uchinchi navbatdagi vorislar deganda, birinchi va ikkinchi navbatdagi 
vorislar bo'lmagan taqdirda chaqiriladigan vorislardir. Bular asosan bir ota ikki 
yoki bir nechta onalardan, yoki bir ona va bir nechta otalardan tug'ilgan 
farzandlar ham o'gay yoki yuqorida ko'rsatilgan shaxslarning bolalariga ular o'z 
ota-onalariga tegishli bo'lgan hissalardan bab-baravar ulush olish huquqlariga 
ega bo'lganlar. 
 

To'rtinchi navbatdagi vorislar yon tomoni bilan bog'liq bo'lgan eng 
yaqinlaridan boshlanadi. Bu shaxslar voris bo'lishi uchun yuqorida ko'rsatilgan 
navbatdagi vorislar bo'lmasligi lozim. 
 
Ammo, vafot etgan shaxsning «kambag'al bevasi» (xotini) haqida 
Yustinian Novellarida vorislik ko'rsatilmagan. Lekin bu munosabatlar pretorlar 
huquqlari bilan amalga oshishi mumkin degan taxminlar mavjud. Ammo, hech 
qanday o'z mulkiga ega bo'lmagan kambag'al bevalar vorislikning sub'yekti 
bo'lib, boshqa merosxo'rlardek qolgan merosning 1|4 qismi bo'yicha meros olish 
huquqiga ega bo'lganlar, lekin olgan meros massasi (hajmi) yuz funt oltindan 
oshib ketmasligi lozim bo'lgan. Agar hech qanday vorislari bo'lmagan taqdirda 
mulk egasiz deb topilib, davlat xazinasiga, monastr va cherkov muassasalariga 
o'tkazilgan. 
 
 
 
5-§. Legatlar va fidekomisslar
 
Legatlar va fideikomisslar Rim huquqida keng qo'llanilib, asosan bu 
singulyar asosda huquqni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan, ya'ni legatlar 
merosni qabul qilishdan voz kechishligi yoki marhum tomonidan qoldirilgan 
mulkdan boshqa shaxsga ma'lum bir summani berib qo'yish to'g'risidagi 
farmoyish yoki vasiyatnoma bo'lib  hisoblangan. 
 
Legatlar umuman XII Jadval qonunlarb asosida vujudga kelgan. Vafot 
etayotgan shaxs o'zining o'limidan keyin farzandlarining yashash hayotini 
e'tiborga olib, vasiyatnoma asosida boshqa shaxslarga majburiyatlar yuklagan. 
 
Majburiyatnomada (vasiyatnomada) o'g'il-qizlari yoki xotiniga ro'zg'orni 
tebratish uchun marhum tomonidan qoldirilgan mulkdan qancha summa berishi 
kabi munosabatlar ko'rsatilgan. 
 
Rim huquqining dastlabki rivojlanish paytida legatlar kam qo'llanilgan 
bo'lsa ham, ammo huquqiy munosabatlarning yanada takomillashishi natijasida 
singulyar asosda huquqni qabul qilish keng qo'llaniladigan bo'ldi. Hatto legat 
bilan bog'liq munosabatlar bo'yicha ektraordinar prosessi asosida himoya 
qilinish huquqlariga ham ega bo'ldi. 
 
Rim huquqida, bulardan tashqari, fideikomisslar ham mavjud bo'lib, vafot 
etmoqchi bo'layotgan shaxsning oxirgi yozma yoki og'zaki ravishda biror bir 
shaxsdan biror narsani berib qo'yishlik yoki talab qilib olib, boshqa shaxsga 
berish munosabatlarini amalga oshirish kabi iltimoslari vijdonga, chin so'zga va 
or-nomusga ishongan holda havola qilinib, uni bajarish uchun qilinayotgan 
oxirgi iltimos bo'lib hisoblangan. 
 
Uzoq vaqtlar davomida bu iltimosni bajarish ma'naviy, ahloqiy vazifa 
bo'lib hisoblangan, hatto ba'zan majburiy bo'lgan holatlarni keltirib chiqarmagan 
bo'lsa ham.
 

Imperator Avgust hukmronlik qilgan paytga kelib, bu majburiy xarakterga 
ega bo'lib, u konsullarga, pretorlarga yoki ma'muriy mahalliy organlarga 
murojaat qilishni belgilab uning bajarilishini majburiy holatga keltirdi. 
 
Imperator Yustinian esa 529-531 yillarga kelib uni bajarishni butunlay 
majburiy qilib qat'iylashtirdi hamda legat va fideikomisslarni birlashtirdi, hamda 
bu harakatlar albatta beshta guvoh oldida amalga oshirish lozimligini ta'kidladi. 
 
 
 
IX bo'lim yuzasidan nazorat savollari
 
1. 
Meros huquqi tushunchasi va uning turlarini izohlang.
  
2. 
Vasiyatnomani tuzish tartibi qanday amalga oshirilgan?
  
3. 
Qonun bo'yicha vorislik tartibini aniqlang.
  
4. 
Agnatlar va kognatlar qavm-qarindoshlik o'rtasidagi farqni aniqlang.
  
5. 
Eri vafot etgan «kambag'al beva»ga qoldiriladigan meros qanday qismlardan 
iborat bo'lgan?
  
6. 
Legatlar va fidekomisslar bir-biridan qanday farqlanadi?
  
 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling