Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.97 Mb.
bet3/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1608489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti (1)

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Ifodali o’qish san’atining yuzaga kelishida roviy, qissaxon va baxshilar qanday rol o’ynagan?
2. Ifodali nutq san’atini o’rganishning asosiy omillari nimalardan iborat?
3. "... Har kishining ahvoli o’z so’zining ostida pinhondur” deganda nimani tushunasiz?
4. Ifodali o’qish san’atini o’rganishdan asosiy maqsad nima?
5. Barkamol avlod tarbiyasida ifodali o’qish san’atining qanday ahamiyati bor?


ADABIYOTLAR RO’YXATI

1.I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori.-Toshkent: 1997.


2. Kaykovus. Qobusnoma. - Toshkent: O’qituvchi, 1996.
3. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007.
4. S.Inomxo’jaev, A.Zunnimov. Ifodali o’qish asoslari. - Toshkent: O’qituvchi, 1998.


2-MA’RUZA OG’ZAKI NUTQ MADANIYATINI O’STIRISHDA KISHI FIZIOLOGIYASINING ROLI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI


Reja:

  1. Nafas – ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri.

  2. Nafas mashqlari.

  3. Badiiy asarlarni ifodali o’qishda ovozning turli ohangda ishlatilishi.

  4. Diksiya – notiq va adabiyot o’qiituvchining nutqining asosiy qurollaridan biri.

Nafas – ifodali o’qishning asosiy vasitalaridan biri. Ifodali o’qish jarayonida nafas, ovoz va nutq a`zolari faol ishtirok etadi. Nafas – ifodali o’qishning muhim vositalaridan biridir. U kishi organizmi uchun ham asosiy oziqa hisoblanadi. Shuning bilan birga, nutq so’zlash jarayoni, ayniqsa, ifodali o’qish san`ati nafas negizi bilan uzviy aloqadordir.


Nafas olinganda havo burun bo’shlig’idan kekirdakka boradi va nafas yo’li orqali o’pkaga o’tadi. O’pkaga kirgan havo qovurg’a muskullarini kengaytiradi, natijada qovurg’alar qorin bo’shlig’idan uzoqlashib ikki yonga kengayadi. Aniqrog’i, ko’krak qafasi har tomonga kengayadi. Shu bir vaqtda qorin bo’shlig’ini ko’krak bo’shlig’idan ajratuvchi diafragma o’pkaning havoga tushib kengayishi hisobiga pastga yaqqol sezilib turadi.
To’g’ri nafas olish inson hayoti uchun ham, ifodali o’qish uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Agar noto’g’ri nafas olishsa – o’rinsiz pauzalar qilishsa, o’qilayotgan mantiqan buziladi. Matndagi muallif maqsadi tinglovchiga to’g’ri yetib bormaydi fikr tushunarsiz bo’lib qoladi.
Shuning uchun oliy va o’rta maktablarning o’qituvchilari o’zlarining va o’quvchilarning nafas organlari muskullarini chiniqtirib borishlari lozim bu borada amalga oshiriladigan chora va tadbirlar insonni sog’ va baquvvat qiladi, tovush va nutqning aniq, ravon, burro va jarangdosh bo’lishini ta’minlaydi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling