Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


-ilova Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet21/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1608489
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
Bog'liq
Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti (1)

6-ilova


Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari

So‘z san’ati bilan shug‘ullanuvchi kishilar, ayniqsa, inson ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan muallimlar notiqlik san’atini, ifodali nutq mahoratini puxta egallagan bo‘lishlari zarur. Holbuki, o‘qituvchining butun siymosi – xatti-harakatlaridan tortib gapirish uslubigacha yosh va tajribasiz, taqlidchan o‘quvchi uchun jonli namuna hisoblanadi. Shunday ekan, Respublikamiz Prezidenti ta’kidlaganidek, “O‘z fikrini ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin” “
“...Kishining martabasini so‘zi bila bilurlar, ammo so‘zning martabasini kishi bila bilmaslar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zining ostida pinhondur” – deydi Kaykovus. Zotan, har bir kishining kim ekanligini, uning bilim darajasini so‘zlariga qarab bilib olish mumkin. Donishmandlar nazdida, inson so‘zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. Binobarin, yosh avlodning shaxs sifatida kamol topishida muhim rol o‘ynovchi muallimning ravon va ifodali nutqi, go‘zal axloqi beqiyos ibrat namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Ajdodlarlarimiz so‘z san’atining, ayniqsa, og‘zaki ijrochilik san’atining inson ruhiga ko‘rsatadigan ta’siriga qadim zamonlardan boshlab katta e’tibor bilan qaraganlar. Shuning uchun ham o‘rta asrlarda adabiy talaffuz normalarini o‘rgatuvchi “ilmi tajvid”, jonli nutq asoslarini o‘rgatuvchi “ilmi kalom”, ilmiy va adabiy bahsni o‘rgatuvchi “ilmi munozara” kabi fanlar o‘qitilgan. Natijada maxsus bilim olgan har bir savodli kishi ayni paytda ifodali o‘qish asoslarini egallagan so‘z ustasi ham bo‘lib yetishgan. Shu boisdan ham o‘tmishda badiiy so‘z ijrochiligining dostonxonlik, qissaxonlik, g‘azalxonlik kabi turlari keng tarqalgan. O‘qimishli kishilar tomonidan o‘tkazilgan she’rxonlik anjumanlarida so‘z san’atining yuksak namunalari og‘zaki ijro – ifodali o‘qish vositasida chuqur tahlil qilingan.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling