Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti


KIRISH 1.1. Fanning maqsad va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet44/59
Sana19.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1608489
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti (1)

KIRISH


1.1. Fanning maqsad va vazifalari. Ma’lumki, jamiyatning taraqqiyoti, o’sib kelayotgan yosh avlodning bilim darajasi va ma’naviy kamoloti bilan chambarchas bog’liq. Navqiron yoshla rni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalashda esa asrlar davomida insoniyat diliga eng oliyjanob umumbashariy g’oyalarni jo qilib, uning ma’naviy-madaniy ravnaqiga xizmat kilib kelayotgan adabiyot atalmish sirli olamning roli beqiyosdir.
Adabiyotimizning durdona asarlarida mujassamlashtirilgan odamiylik tuyg’ulari, kahramonlarning ma’naviy qiyofasi, ijodkorning badiiy dahosi, ona tilining behad go’zalliklaridan bo’ladi. Ayniqsa Sharq adabiyotining o’ziga xos uslublari asosida, yaratilgan she’riy asarlarni ifodali o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan etuk bilim va malakani talab qiladi. Binobarin, adabiy ta’limda ifodali o’qish darslarida olib boriladigan nazariy va amaliy mashg’ulotlar talabalarning bilim doirasini kengaytirish barobarida nutq madaniyatini o’stirish va o’qituvchilik malakasini egallashga ham katta yordam beradi.
Ifodali o’qish mashg’ulotlari badiiy asarni tahlil qilishga, yozuvchi yoki shoirning g’oyaviy-badiiy niyatini to’g’ri tushunishga o’rgatish bilan bir qatorda talabani nasriy yoki she’riy asarlarning jozibador ohanglaridan zavqlanishga, ezgu va go’zal tuyg’ularning qaror topishiga ham yordam beradi. Zero, ifodali o’qish san’atining mohiyati ham insonda hayotga estetik munosabatda bo’lish hissini tarbiyalash va o’stirishdan iboratdir.
1.2. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Ifodali o’qish fanini o’nga yaqin bo’lgan boshqa bir qator fanlar bilan uzviy bog’lik ravishda olib boriladi. Shu nuqtai nazardan ifodali o’qish san’atini puxta egallash maqsadida kuyida nomlari ko’rsatilgan fanlarni ham o’rganish talab qilinadi: “O’zbek adabiyot tarixi”, “Istiqlol davri o’zbek adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi”, “Bolalar adabiyoti”, “Tasavvuf adabiyoti”, “Notiqlik san’ati”, “Badiiy tahlil asoslari” kabi.
1.3. Fanning ta’limdagi o’rni

Fanning ta’limdagi o’rni kattadir. Mazkur fan ta’limning filologiya sohasida qo’llaniladi. Talabada bu fanni o’qish orqali nafosat, go’zallik tuyg’ulari kamol toptiriladi. Demakki, bugungi kunda etuk, har tomonlama barkamol mutaxassisni tarbiyalashda mazkur fanning o’rni beqiyosdir.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling