Global -
|
To‘liq, umumiy, universal.
|
Gnostik faoliyat –
|
Pedagogik faoliyatning natijalarini tekshirish va baholash, uning kechishi va samaradorligini tahlil qilish.
|
Diskussiya –
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri; muhokama, bahs yuritish.
|
Doston –
|
Qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladigan xalq orasidagi yirik hajmli etnik asar.
|
Jazolash –
|
Bu tarbiyalanuvchining hatti – harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
|
Jamoa –
|
Insonparvarlik va javobgarlik ma’suliyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar hamda hamkorlikdagi ijtimoiy, ijobiy faoliyatga asoslangan kishilarning umumiyligidir.
|
Jismoniy tarbiya –
|
Bolaning jismoniy xususiyatlarini anatomik, fiziologik, asab va boshqa tizimlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari asoslari hamda jismoniy madaniyatining odatdagi zarur elementlarini mustahkam tarzda shakllantirish.
|
Idrok –
|
Borliqni odam ongida aks etishidir
|
Ijodkor shaxs -
|
Faoliyat natijasida, yangiliklar yaratishga intiluvchan va imkoniyati bor shaxs.
|
Ilmiy bilimlar –
|
Voqelikning haqqoniy in’ikosidir
|
|