Namangan davlat universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika nazariyasi va tarixi


Download 227.16 Kb.
bet52/82
Sana30.01.2023
Hajmi227.16 Kb.
#1141334
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Bog'liq
Pedagogk maxorat majmua 2022

Axloqiy tarbiya –

Talabalarda umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo‘lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlarini hisobga olgan holda o‘z hatti-harakatlarini tanlay olish mahorati, axloqiy tafakkur tizimini shakllantirish.

Afsona –

Forscha so‘zdan olingan bo‘lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo‘lgan nasriy hikoyalar.

Aqliy tarbiya –

Talabalarning ongi va tafakkurini bilimlar, ongli ko‘nikmalar hamda malakalar bilan boyitish. Aqliy kuchlar: sezgilar, ruhiy jarayonlar, iqtidorlar, biluvchanlik maqsadlari, dunyoqarash va faoliyat ozodligini shakllantirish.

Aqllilik –

Biror ishni bajarishda shoshma – shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.

Bilim –

Talabalar tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda ijtimoiy munosabatda zarur bo‘lgan fan asoslarining qonunlari, omillari va tushunchalarini o‘zlashtirish natijalari.

Bilish qobiliyati –

Fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir.

Vatanparvarlik –

Kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lgan mehr muhabbati, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy – axloqiy xislatlari, fazilatlaridir.

Vosita –

Ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari – asbob, qurol va boshqa shu kabilardan foydalanishdir.


Download 227.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling