Namangan davlat universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika nazariyasi va tarixi


Download 227.16 Kb.
bet63/82
Sana30.01.2023
Hajmi227.16 Kb.
#1141334
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
Pedagogk maxorat majmua 2022

Tarbiyalovchi (ta’lim) –

Dunyoqarashni shakllantiruvchi, axloqiy, estetik tasavvurlarni va e’tiqodni shakllantiruvchi ta’lim.

Tarbiyaning asosiy qonuni –

O‘sib borayotgan yosh avlodni katta yoshdagilar ijtimoiy tajribasining egasi qilish, ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishini ta’minlab berishda amalga oshiriladigan zaruriy va majburiy faoliyatdir.

Tarbiyaning maqsadi –

Jamiyatning alohida shaxsga bo‘lgan ehtiyojlarini aks ettirish, uning mohiyati, ideal talablari, o‘ziga xosligi va fazilatlari, hayotga munosabatining aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik rivojlanishini nazariy va amaliy umumlashtirishidir.

Tarbiyaning ob’ektiv qonuniyatlari -

O‘quv - tarbiya jarayonini tashkil etish va ijtimoiy hayot, shaxsning o‘ziga xosligi hamda sifatlarini shakllantirishdek talablaridagi turg‘un bo‘lgan an’analaridir.

Tarbiyaviy muhit –

Inson shaxsini shakllantiruvchi tabiat, ijtimoiy munosabatlarning tizimi, ijtimoiy tafakkur, turmush va shaxslararo munosabatlarning doirasi kabi omillarning bir birini boyitishi va muvofiq kelishidir.

Tarbiyalash uslublari –

Jamiyatda qabul qilingan hatti-harakatlar, muloqot, munosabatlar tizimi va talablarini talabalar ongiga singdirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sir.

Tarbiya qoidasi –

Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir

Ta’lim -

Insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi talablariga muvofiq darajada bilimlarni tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydigan fan, texnika, axloq, madaniyat va san’atni o‘zlashtirishga qaratilgan maxsus, uyushtirilgan faoliyat, o‘qitish va o‘qishdir. Ta’lim turlari ko‘p: axloq-odob ta’limi, tabiiy bilimlar bo‘yicha ta’lim, texnik ta’lim, kasb-hunar ta’limi, siyosiy ta’lim va hokazo.


Download 227.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling