Namangan davlat universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika nazariyasi va tarixi
KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI
Download 227.16 Kb.
|
Pedagogk maxorat majmua 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI
KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI
Ma’lumki o‘qitishning asosiy shakllari - ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzuni murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlariga ajratiladi. Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: Keys (muammoli vaziyatlar tahlili) Adabiyotlar (manbaalar) ustida ishlash O’quv loyihasi O’quv portfoliosi Esse Glossariy (atamalar izohi) Tayanch konspekt tuzish (chizma tasviriy modellar, intellekt kart, freym, mantiqiy graf va boshqalar yaratish) Psixologik-pedagogik tavsifnoma yozish Mini tadqiqotlar o’tkazish Ijodiy topshiriqlar Infografika tuzish Darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash Vedeorolik yaratish Tezis va maqolalar tayyorlash. O‘qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ta`limni tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlar berilishi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak. TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI Talabalar mustaqil ta’limini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan fan (modul)lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi. Talabalarning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddatga muvofiq amalga oshiriladi. Mustaqil ishga qo‘yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmasiligi lozim. Talaba (lar)ning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ta’lim natijalari elektron platforma va guruh jurnaliga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har o‘quv yilida kamida ikki marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi. Talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari maksimal 5 baho bilan baholanadi. Baholash mezoni: 5 baho uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni aniq ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini taklif eta olishi, muammoni yechish usulini asoslagani, ijodiy fikrlay olishi, mavzu yuzasidan mustaqil mushohada yurita olishi, alternativ variant taklif eta olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani. 4 baho uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini qisman asoslay olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani. 3 baho uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani. 2 baho uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani. «Pedagogik mahorat» fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil qilishda fanning xususiyatlarini, xar bir talabani akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olib quyidagi shakllardan foydalaniladi: Ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va Qarorlari, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni o‘rganish; ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘tilgan mavzularni to‘ldirish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlardan konspekt qilish; ish rejada ko‘rsatilgan mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular, ularga ajratilgan soatlarni va adabiyotlarni o‘rganish; seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular bo‘yicha belgilangan xajmda va tartibda turli metod, usullar, jadvallar asosida tayyorlash; mustaqil ta’lim bo‘yicha tayyorlangan mustaqil ishni munozara - dialog usulida himoya qilish malakasini shakllantirish; mustaqil ta’lim bo‘yicha belgilangan topshiriqni bajarish jarayonida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari davrida olgan bilim va ko‘nikmalarni umumlashtirib, ularni amalda qo‘llay olish; muayyan masalani ijodiy xal etish ko‘nikmalarini xosil qilish; fandan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish; ixtisoslik fanlari bo‘yicha amaliyotdagi muammolar yechimini topishga qaratilgan topshiriqlarni bajarish. Download 227.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling