Namangan davlat universiteti pedagogika psixologiya fakulteti pedagogika nazariyasi va tarixi


« Pedagogik mahorat » fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishning axborot ta’minoti


Download 227.16 Kb.
bet49/82
Sana30.01.2023
Hajmi227.16 Kb.
#1141334
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Bog'liq
Pedagogk maxorat majmua 2022

« Pedagogik mahorat » fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishning axborot ta’minoti

  1. « Pedagogik mahorat» fanidan talabalar bajariladigan mustaqil ish topshiriqlari ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va kafedrada yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlangan mavzulardan olinadi va uni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma xamda tavsiyalar beriladi.

  2. Mustaqil ishni bajarish uchun axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’ruzalar matni, fanga oid ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.

  3. Kafedra mudiri va fakultet dekani taqdimnomasi asosida institut raxbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbasi va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, korxona va tashkilotlardan mustaqil ishni bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash so‘rovnoma xatlari va shartnomalarni rasmiylashtirib beradi.

  4. Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun kompyuter texnikasi, internet tarmog‘idan, axborot-resurs markazidan foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beriladi.



«Umumiy pedagogika» fanidan mustaqil ish topshiriqlarini bajarishni nazorat qilish va baholash

  1. Talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.

  2. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.

  3. Talabaning mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiya soatlari gurux jurnalida fanga ajratilgan betlarga konsultatsiya mavzusi, sanasi va o‘qituvchining imzosi fanning auditoriyada o‘tgan mavzulari qatoriga yozib boriladi.

  4. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tegishli mashg‘ulotlar doirasida talabalar mustaqil ishiga rahbarlikni amalga oshiradilar.




Download 227.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling