Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti. Mehnat va uni o


Download 444.5 Kb.
bet17/58
Sana17.12.2022
Hajmi444.5 Kb.
#1025462
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
Bog'liq
Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fa

Mehnat darsining maqsadi – shaxsning turmush tarziga, mehnat madaniyatiga qaratilgan barqaror yo’l yo’riqni qaror toptirish, ijodiy mehnat qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, o’quvchilarni halq xo’jaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur bo’lgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Mehnat tahlimi o’zining bosqichlarida bolalar, o’smirlar va yoshlarning yoshi, funktsional imkoniyatlarining o’ziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiega muvofiq ravishda ko’p tomonlama yo’nalishga ega bo’lishi lozim. U qo’ydagilarni taqozo etadi.

  • Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy munosabatda bo’lishni, o’z maxoratini doimo takomillashtirishga intilishni shakllantirish;

  • Kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan psixo-fizologik funktsiyalarini, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim bo’lgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qo’shgan holda shakllantirish;

  • Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba to’plash;

  • SHaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;

  • Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;

  • Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish.



SAVOLLAR.

1.Boshlang’ich sinflarda qanday ish turlari mavjud?


2.Ish unumini oshirishda nimalarga ehtibor berilishi zarur?
3.Mustaqil ishlarning bosqichlarini ayting?


TOPSHIRIQLAR.

  1. Mehnatga oid maqollardan namunalar keltiring.

  2. Mehnat tahlimida kasb-hunar tarbiyasiga qaratilgan talablarni ayting.


Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling