Namangan davlat universiteti pedagogika va jismoniy madaniyat fakulteti


Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda idrokning rivojlanishi


Download 359.25 Kb.
bet6/16
Sana05.04.2023
Hajmi359.25 Kb.
#1275359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
gavhar

1.2. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda idrokning rivojlanishi
Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o’tkirligi va sofligi bilan farq qiladilar. Buni oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari va birinchi signal tizimsining nisbatan ustunligi bilan tushuntirish mumkin. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi o’zining oldida har kuni qandaydir bironta yangilikni ochib beradigan tevarak-atrofdagi olamni jonli qiziqish bilan idrok qiladi. Biroq o’quvchining bu idroki o’quv yili boshlarida o’ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi, bu xususiyatlar uning yosh jihatdan bo’lgan kamchiligi haqida gapirishga imkon beradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining eng xarakterli tomoni — uning kam differentsiallashganidir (yani obektlarni bir-biridan farqlashdagi zaiflik). Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’xshash ob`ektlarni noaniq va xato differentsiyalashtiradi: ba`zan yozilishi jihatidan yoki talaffuz qilinishi jihatidan o’xshash harflar va so’zlarning, o’xshash predmetlar tasvirining va o’zaro o’xshash predmetlarning farqiga bormaydilar va ularni aralashtirib yuboradilar(«k» va «q» harflarini, «qo’ydi» va «quydi», so’zlarini, arpa va bug’doyning rasmini, beshburchak bilan oltiburchakni almashtirib yuboradilar). Bu hol idrok qilishdagi analiz qilish funktsiyasining yoshga xos zaifligi bilan bog’liqdir. Biroq I va II sinf o’quvchilari narsalarni analiz qilishga, narsalarning belgilarini ajratishga umuman qobil emaslar deb o’ylab bo’lmaydi. Ba`zan kichik maktab yoshidagi o’quvchilar kattalarning diqqat e`tiborlaridan chetda qolgan mayda-chuydalarni ham payqaydilar. Bu erda gap boshqa narsada: bolalar idrok qilishda chuqur, uyushgan holda va maqsadga muvofiq analiz qilishga ojizlik qiladilar. Ko’pincha bolalar kattalar e`tibor bermaydigan tasodifiy detallarni ajratadilar. Lekin jiddiy va muhim detallarni idrok qila olmaydilar. Shunday qilib, bolalar idrokiga narsalarni tanib olish bilan bog’liq bo’lgan eng umumiy, yoppasiga «qamrab olish» va shu onda narsalarning ayrim va ko’pincha muhim bo’lmagan qismlarini mutlaqo tasodifiy idrok qilish xususiyati xosdir. Bitta xarakterli misol keltiramiz: Psixolog N.F.Dobrinin birinchi sinf o’quvchilariga olmaxonning chiroyli qilib ishlangan suratini ko’rsatgan. Undan so’ng suratni olib qo’yib, o’quvchilarga olmaxonning tasvirini chizish tavsiya etilgan. Ma`lum bo’lishicha, birinchi sinf o’quvchilari olmaxonning suratiga zo’r qiziqish bilan qaragan bo’lsalar ham, olmaxonning suratidagi juda ko’p narsalarni payqamaganlar. Ular olmaxonning mo’ylovi bilan qoshlari bormidi, ko’zlari qanday edi, junlarining rangi qanday edi, quloqlari qanday va boshqalarni so’ray boshlaganlar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning idroki bolaning harakatlari, amaliy faoliyatlari bilan mahkam bog’liq bo’lada. Predmetni idrok qilish — uning bilan nimadir qilish, uni qo’liga olib ushlab ko’rish demakdir. Darhaqiqat, asosan kichik maktab yoshidagi o’quvchining ehtiyojlariga mos keladigan, bolaning hayotiga, faoliyatiga bevosita qo’shiladigan, o’qituvchi tomonidan maxsus ko’rsatiladigan narsa idrok qilinadi. Psixik rivojlanishning mazkur darajasidagi idrok hali o’zining maxsus bilish maqsadlariga ega bo’lgan to’la ravishdagi alohida, maxsus faoliyat bo’la olmaydi.
I—II sinf o’quvchilarining idroklari uchun yaqqol ifodalangan emotsionallik (xilma-xil,yorqin bo’yoqlar,yaqqol tasvir va his-tuyg’uga xosligi) xarakterlidir. Bolalarda bevosita emotsional reaktsiyani vujudga keltiradigan narsalar yoki ularning belgi va xususiyatlari birinchi navbatda idrok qilinadi. Bu yoshdaga bolalar «emotsional befarq» idrok qilishga hali unchalik qodir emas. Bundan kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ifokining yana bir xususiyati kelib chiqadi—ular yaqqol, yorqin, jonli narsalarni, masalan, simvolik va sxematik tasvirlarni nisbatan yaxshiroq, aniqroq va emotsional tarzda idrok qiladilair. Masalan, yaqqol yorqin tasvirlarni idrok qilish simvolik tasvirlarni idrok qilishni tormozlab qo’yishi, ba`zi hollarda esa buzib yuborishi mumkin. Ta`limning dastlabki davrlarida kitobdagi rangli suratlar o’qish malakasining tarkib topishiga salbiy ta`sir qiladi, o’qish tempini sekinlashtiradi, xatolar sonini ko’paytiradi, chunki bu suratlar ayrim detallarni oldindan aytib beradi, so’zlarni o’ylab topishga undaydi. Mana shularning barchasi o’qishni noaniq va sub`ektiv qilib qo’yadi. O’qishning elementar malakasi hosil qilingandan so’ng kitobdagi suratlar bolaning nutqi o’sishiga va o’qishga qiziqishining tarkib topishiga ijobiy ta`sir qila boshlaydi.
Ta`lim jarayonida idrok qayta quriladi, u rivojlanishning yanada yuqoriroq darajasiga ko’tariladi. Dastavval, to’g’ri tashkil qilingan ta`lim jarayonida kichik maktab yoshidagi o’quvchining idroki maqsadga muvofiq, boshqariladigan maxsus faoliyat xarakteriga aylanadi. O’qituvchi maxsus ravishda kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning idrokini tashkil qiladi, ularning oldiga tegishli vazifalarni qo’yadi, ularga idrok jarayonini boshqarishni va idrok natijalarini nazorat qilishni o’rgatadi. Idrok maxsus faoliyat xarakteriga ega bo’la borib, ma`lum ma`noda bevosita faoliyat ta`siridan «qutiladi», ozod bo’ladi. Albatta, idrok jarayonida faoliyat saqlanib qoladi, lekin idrok va faoliyat o’rtasidagi munosabat boshqacha xarakterga ega bo’la boshlaydi. Agar ilgari o’quvchi biron narsani, uning bilan to’g’ri harakat qilishi uchun idrok qilgan bo’lsa (bunda asosiy maqsad narsa bilan harakat qilish bo’lgan, idrok esa harakatning zaruriy sharti bo’lgan), endilikda o’quvchi narsani to’g’ri idrok qilish uchun uning bilan harakat qiladi (bunda asosiy maqsad idrok qilishdir, harakat esa—uning sharoitidir).
Ta`lim jarayonida idrok maqsadga muvofiq alohida faoliyat bo’la borib, murakkablashadi va chuqurlashadi, ancha-muncha analiz qiladigan, differentsiya qiladigan bo’lib, uyushgan qo’zg’atish xarakteriga ega bo’ladi. Shu munosabat bilan idrokda so’zning roli o’zgaradi. I va II sinf o’quvchilarida asosan biron narsani atash vazifasini bajaradi, (ob`ektni tanigandan so’ng uni so’z bilan atash), ana shu bilan idrokning analiz jarayoni tugallanadi. Bir-muncha yuqori sinf o’quvchilarida so’z bilan atash ob`ektning umumiy nomini bildiradi. Bundan oldin shu ob`ekt chuqur analiz qilinadi.
Idrokning rivojlanishi o’z-o’zicha sodir bo’lmaydi. Bu jarayonda o’qituvchining roli juda kattadir. O’qituvchi o’quvchilarni har kuni bironta narsani shunchaki ko’rishga emas, balki sinchiklab qarashga, o’qituvchining aytganlarini shunchaki eshitishga emas, balki yaxshilab tinglashga o’rgatadi. U o’quvchilarning u yoki bu ob`ektlarni idrok qilishlari bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlarini alohida uyushtiradi, narsa va hodisalarning muhim belgi hamda xususiyatlarini namoyon qilishga o’rgatadi, diqqat e`tiborni nimaga qaratish lozimligini ko’rsatadi, idrok qilingan ob`ektlarni planli va tizimli tarzda analiz qilishga o’rgatadi. Bunday ishlarni ekskursiyalarda, maktabda turli ko’rgazmali qurollarni namoyish qilishda, amaliy ishlarni tashkil qilishda, rasm darslarida va o’quvchilarning mehnat faoliyatlarida ham qilish kerak. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, idrokni tashkil qilishning va ko’zatuvchanlikni tarbiyalashning samarali metodlaridan biri taqqoslashdir. Bunda idrok yanada chuqurroq bo’ladi, xatolar soni kamayadi. Masalan, bo’ri bilan itning rasmini, burgut bilan lochinning rasmini, it bilan mushukning rasmini alohida-alohida namoyish qilganda, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bu o’xshash ob`ektlarning rasmlari birgalikda namoyish qilingandagiga qaraganda muhim belgilarni kamroq ajratganlar hamda ko’pchilik hollarda muhim belgilari bilan tasodifiy belgilarni adashtirib yuborganlar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning vaqt hamda fazoni idrok qilishi va baholashi o’z xususiyatlariga egadir. Tabiatshunoslik, tarix, geografiyaga doir ma`lumotlar bilan o’quvchilarni tanishtirishda ularning bu xususiyatlarini hisobga olish kerak. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda vaqt va fazoni idrok qilish ularning ancha cheklangan va kambag’al hayotiy tajribalari bilan mustahkam bog’langandir. Tarix va geografiya darslarida ular «asr», «ming yil», «era», «davr» tushunchalari bilan ishlashga, shuning bilan birga mamlakatlarning, dengiz va okeanlarning katta-kichikligi, daryolarning uzunligi hamda tog’ tizmalarining balandligi haqida fikr yuritishga majburdirlar. Bularning barchasi kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning cheklangan tajribalaridan o’tib, g’oyat o’ziga xos ifodaga ega bo’ladi. Mana shu sababli bolaning bevosita tajribasidan tashqaridagi hamma narsalar yaxlit holda (garchi agar kichik maktab yoshidagi o’quvchi to’g’ri bir sonni atagan bo’lsa ham), «qadim zamon» va «uzoq» tushunchalari sifatida idrok qilinadi. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’pincha kichik maktab yoshidagi o’quvchilar hodisalarning vaqt jihatidan uzoqligini mutlaqo tushunmaydilar. Tarixiy sanalar ular uchun ko’pincha real ahamiyatga ega bo’lmagan abstraktsiya bo’lib ko’rinadi. Mana bunday bir hodisa bo’lgan: uchinchi sinf o’quvchisi buvasidan jiddiy ravishda, siz mamontlarni ko’rganmisiz, deb so’ragan. Buvasining bundan 80 yil oldin tug’ilganligi, mamontlarning yer yuzida bundan o’n ming yillar avval yashaganligi bolaga abstrakt tarzda ma`lum bo’lgan. Biroq har ikkala hodisa ham, bolaning bevosita hayotiy tajribasi nuqtai nazaridan qaraganda, unga qandaydir «juda uzoq» vaqt avval o’tgan hodisa bo’lib ko’ringan. Uchinchi sinf o’quvchisining darsda Skandinaviyadan Bolqon yarim oroligacha bo’lgan suv orqali savdo yo’lining uzunligini aniqlab («Varyagdan Grekkacha»): «Yuz kilometrlar chamasi!», «Yuz kilometr», «Besh yuz kilometr» yoki «Uch ming kilometr» — deb bergan javobini ham, psixologik jihatdan olganda bularning hammasi «juda uzoq» degan ma`noni anglatadi, deb tushuntirish mumkin. O’ylaymizki, Skandinaviya bilan Bolqon yarim oroli o’rtasidagi masofani biladigan va to’g’ri ayta oladigan o’quvchi har holda bu masofaning real mohiyatini juda xira tasavvur qiladi. O’qituvchi o’quvchilarning formal to’g’ri javoblari bilan qanoatlanmay, ularni vaqt va fazoviy munosabatlarni to’g’ri idrok qilish va baholashga maxsus ravishda o’rgatishi lozim. Tajribaning kengayishi va ta`lim jarayonidagi umumiy o’sish bilan birga kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning vaqt va fazoviy munosabatlarni idrok qilishlari takomillashadi hamda vaqt va fazoviy tushunchalar bilan ongli ishlash imkoniyati yuzaga keladi.
Kichik mаktаb yoshidаgi o’quvchilаrning bаrchа fаоliyati mаqsаdgа muvоfiqlаshtirilgаndir.

  1. O’quvchilаr o’qish vа yozish, хisоblаsh mаlаkаsini egаllаshlаri, аrifmеtikа, оnа tili, tаriх, gеоgrаfiya tаbiаtshunоslik, gеоmеtriya elеmеntаr аsоslаrini аnchаginа kаttа хаjmdаgi bilimlаrni оrttirishlаri kеrаk bo’lаdi.

  2. Bоlаning bilim dаrаjаsi vа bilish qiziqishlаri kеngаyadi hаmdа rivоjlаnаdi.

  3. Bilish jаrаyonlаrining tаrаqqiyoti аqliy rivоjlаnish yuzаgа kеlаdi аktiv, mustаqil, ijоdiy fаоliyat uchun qоbiliyat tаrkib tоpаdi.

  4. O’qishgа bo’lgаn yo’nаlish, o’qishgа nisbаtаn mа’suliyat munоsаbаt o’qishning yaksаk ijtimоiy оmillаri tаrkib tоpishi kеrаk.


Download 359.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling