Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. O`zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosatini xalqaro
maydonda o`z ahamiyatiga ega ekanligi va bu borada qo`lga kiritilgan yutuqlarni o`rganish va tahlil
qilish. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, quyidagi asosiy vazifalarni hal etish nazarda tutiladi:
– Markaziy Osiyo mintaqasida O`zbekistonning tashqi siyosatida tutgan o`ziga xos
o`rnini o`rganish va uni geosiyosiy sub`ekt sifatidagi rolini yoritish;
– Markaziy Osiyo mintaqasidagi siyosiy va iqtisodiy integratsiya yo`nalishlarini tahlil
qilish hamda ushbu jarayondagi O`zbekistonning strategik rolini aniqlash;
– O`zbekistonning tashqi siyosatini belgilashda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
– Markaziy Osiyoda doimiy ravishda jahondagi yirik davlatlarning geostrategik
manfaatlarining mavjudligi ba`zi hollarda esa ular bir-birlari bilan kelishmasligining tub
sabablarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etish;
– Xalqaro siyosiy munosabatlardagi ayrim yirik davlatlarning demokratiya niqobi ostidagi
zo`ravonlik siyosati natijasida kelib chiqayotgan ba`zi bir ziddiyatlar va ularni bartaraf etishda
Yevroosiyo mamlakatlari geosiyosatidagi umumiylik va o`ziga xosligini alohida ajratib
ko`rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |