Tadqiqotning davriy chegarasi. 1991-yildan 2011-yilgacha bo`lgan davrni qamrab olgan.
Shu yillar mobaynida mamlakat Tashqi ishlar vazirligini tashkil etilishi, dunyo davlatlari bilan
aloqalarning o`rnatishi. O`zbekistonning halqaro tashkilotlarga a`zo bo`lishi va ular bilan
do`stona aloqalari hamkorligi 20 yillik davr mobaynida amalga oshirilgan isloxotlar izohlab
beriladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
– O`zbekiston Respublikasining tashqi siyoastida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik
tamoyillariga asoslanib davlatlar o`rtasidagi munosabatlar, ularning rivojlanish jarayonlari,
muammolari tarixiy nuqtai nazardan o`rganilayotganligi;
– O`zbekiston tarix fanida ilk bor zamonaviy sharoitda Markaziy Osiyo mintaqasida
xavfsizlik va barqarorlikni taminlashda O`zbekistonning o`rni, globallashuv sharoitida qaror
topgan xalqaro munosabatlar yangi modelining bir qismi sifatida ko`p tomonlama keng qamrovli
yondashuv asosida ilmiy nuqtai nazardan o`rganib chiqildi;
– davlat tashqi siyosatida yaratilgan tinchliksevar tamoyilini tahlil etilishi;
– O`zbekistonnni jahon hamjamiyatida integratsiyalashuv jarayoni aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |