1.2 . Mamlakat tashqi siyosatinining huquqiy asoslari va tamoyillari
Suverenitet har bir davlat uchun mustaqil tashqi siyosat olib borishining asosiy shartidir.
Tashqi siyosat, diplomatiya – yuksak talab, mahorat, zo`r aql-zakovat, kuchli iroda, yuqori
malaka talab qiladigan davlat faoliyat turidir. Jahon hamjamiyatida faol ishtrok etish va
O`zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko`p tomonlama tashqi siyosat yuritish –
davlat suverenitetini mustahkamlashning muhim shartidir.
O`zbekistonning tashqi siyosiy hamkorligi yangilanish va taraqqiyot yo`nalishlarining bir
butunligini aks ettiradi. Dunyoning har qanday mamlakati bilan davlatlararo munosabatlarning
mezonlari orasida bizning mustaqilligimizni tan olish va amalda tasdiqlash birinchi o`rinda
turadi. Bizning o`z taraqqiyot yo`limizning xususiyatlarini boshqa davlatlar tomonidan
tushinilishi muhim ahamiyatga egadir.
XXI asr bo`sag’asida O`zbekiston davlat mustaqilligini qo`lga kiritib jahon hamjamiyatiga
kirish, integratsiyalashish tomon yuz tutdi. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va
xavfsizligiga mos bo`lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat
sifatida tezda tan olinishini ta`minladi. O`zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini
dunyoda 165 davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy aloqalar o`rnatildi. Toshkentda 35 mamlakatning elchixonasi ochildi.
Bular jumlasiga AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va
boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O`zbekiston 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolotxonalari faoliyat
22
Гафарли М.С., Касаев А.Ч. Ривожланишнинг ўзбек модели:тинчлик ва барқарорлик – тараққиёт асоси…–
Б.75.
23
Каримов И.А. БМТ Бош Ассамблеясида сўзлаган нутқ, 2000 йил сентябрь // Ватан равнақи учун
Do'stlaringiz bilan baham: |