107
javobgarlik va mas’uliyatni sezgan holda qaror qabul qilish;
faoliyatning yangi
usullarini uzlashtirish vaziyatlari; ishonch bildirish vaziyatlari;
talab qilish
vaziyati; trening vaziyati; tartibsizlik vaziyati kabilar tarbiyalovchi vaziyatlarning
ko‘rinishlari sanaladi.
Mazkur holatlarni o‘quv-tarbiyaviy faoliyat jarayonida eng ko‘p
yuzaga
keluvchi alohida o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar misolida ularning namoyon bo‘lish
shakllari, mohiyati va xususiyatlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning
yana bir shakli bo‘lmish muvaffaqiyatli vaziyatni rivojlanishi uchun zamin
yaratadi. V.A.Suxomlinskiyning aytishiga ko‘ra, “qiyinchiliklarni yengib o‘tish,
bilim olish xohishi uchun energiya hosil qiluvchi ichki kuchning yagona manbai”
– o‘qishdagi
muvaffaqiyatdir.
III. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish.
Pedagogik jarayonda muvaffaqiyatlarni kafolatlaydigan
vaziyatlar ham namoyon
bo‘ladi. O‘qituvchilar imkon qadar ana shunday vaziyatlarning ko‘proq yuzaga
kelishini ta’minlashga e’tibor qaratishlari lozim. Bu boradagi harakatlar
muvaffaqiyatli vaziyatlarni loyihalashtirish deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: