Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
O‘quvchi – umumiy o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida tahsil olayotgan shaxs. Tarbiya
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya jarayoni
- Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. – Наманган: НамДУ, 2014. – 262-б.
- Tarbiyalanganlik
- Shaxs tarbiyalanganlik darajasining ko‘rsatkichi
O‘quvchi – umumiy o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida tahsil
olayotgan shaxs. Tarbiya – 1) shaxsga bilim berish orqali unda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilish, orqali uni voyaga yetkazish; 2) shaxsda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma- malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilishga qaratilgan amaliy harakat, pedagogik faoliyat. Tarbiya jarayoni – 1) muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni; 2) o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etilib, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni. 92 Педагогика. Изоҳли луғат / Ў.Асқарова, М.Усмонбоева, Х.Рахматова, Ф.Эҳсонова, Ф.Асқарова. – Наманган: НамДУ, 2014. – 262-б. 103 Tarbiyalash – 1) o‘quvchini tarbiyalab voyaga yetkazish, ulg‘aytirish; 2) shaxsni tarbiyalash yo‘lida amaliy pedagogik harakatlarni, faoliyatni tashkil qilish. Tarbiyalanganlik - o‘quvchida axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikmalari hamda hayotiy tajribaning shakllanganligi yoki rivojlanganligi. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi – o‘quvchining axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining muayyan ko‘rsatkichi. Shaxs tarbiyalanganlik darajasining ko‘rsatkichi – o‘quvchining muayyan darajada axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining o‘lchovi. Pedagogik jarayonda, shuningdek, tarbiyaning faoliyat sifatidagi darajasi ham belgilanadi. Mohiyatiga ko‘ra, tarbiyaning muayyan darajasi – o‘qituvchi, ota- onalar, kattalar yoki mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan pedagogik faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sanaladi. Shaxsning muayyan yosh davrlari tarbiyaning ma’lum darajasini ifodalaydi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchisi muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lsa ham hali ularda mehnat ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Ammo u shu yoshda kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, o‘ziga yoqmagan holatlarni ayta olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Tarbiya darajasining dinamik holati, ya’ni, o‘quvchining axloqiy fazilatlari, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajriba “hajmi”ning ko‘payib borayotganligi uning shaxsida ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘layotganligini, borliqqa, atrofdagilarga va o‘ziga nisbatan qadriyat sifatida yondashayotganligini anglatadi. Ta’limda ma’lum ma’lumot darajasiga ega bo‘lishning aniq vaqt chegarasi, muddati (boshlang‘ich sinf – boshlang‘ich ma’lumot olish uchun, umumiy o‘rta ta’lim – o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish uchun, o‘rta maxsus ta’lim – o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish uchun, oliy ta’lim – oliy (kasbiy) ma’lumotga ega bo‘lish uchun) belgilanadi. Tarbiyada ta’limdan farqli ravishda shaxsda ma’lum sifatni hosil qilish uchun muddat, vaqt chegarasi belgilanmaydi. Ayrim sifatlar shaxsning 80-90 yoshida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ba’zan shaxsda keksalikda ham avval ega bo‘lgan ijobiy sifat o‘rnida salbiy odatlar, yoki aksincha, salbiy illatlar o‘rniga ma’naviy-axloqiy xislat namoyon bo‘ladi. Buning sababi tarbiyalovchi vaziyatlar, ichki (shaxsning hayotiy intilishlari, maqsadlari, tamoyillari, borliqqa, atrofdagilar va o‘ziga bo‘lgan munosabati) hamda tashqi (jamiyatda shakllangan qarashlar, ularning rasman yoki norasman tan olinishi, shaxs mansub bo‘lgan mikromuhitdagi psixologik holat, shaxslararo munosabatlar va boshqa) omillarning shaxs tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan izohlanadi 93 . 93 Определение уровня воспитанности подростков / Т. Н.Матафонова и др. // Инновационные педагогические технологии. Мат. IV Междунар. науч. конф. (г. Казань, май 2016 г.). – Казань: Бук, 2016. – С. 8-11. 104 Shaxsni tarbiyalash (yoki shaxsning tarbiyalanish) jarayoni umr bo‘yi davom etadi. Ammo, shaxsni tarbiyalashda “qiyin o‘tish davri” hisoblanadigan o‘smirlik davri alohida o‘rin tutadi. Aynan shu yosh davrida o‘quvchi shaxsida hayotiy maqsadlar, intilishlar, ijtimoiy qarashlar shakllanadi. O‘smirlikning “qiyin yosh davri” bo‘lishi o‘quvchi organizmida kechadigan keskin fiziologik o‘zgarishlar va uning shaxsga psixologik ta’siri bilan bog‘liq. Shu sababli oilada, ta’lim muassasalarida o‘smir bilan ishlashga yanada jiddiy yondashishga e’tibor qaratiladi. Bunda o‘quvchi shaxsi, uning xatti-harakatlari va faoliyatiga nisbatan oqilona pedagogik talablarni qo‘yish, ularning izchil bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Har qanday pedagogik talab keskin taqiqlar va cheklovlardan xolis bo‘lishi lozim. Qolaversa, imkon qadar uning qo‘yilayotgan talabning o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi borasida fikrini bilish muhim. O‘quvchining fikri, o‘qituvchi, ota-onalar va mutaxassislarning yondashuvlari o‘zaro qiyosiy o‘rganilgan holda tarbiyaviy faoliyat rejalashtirilishi zarur. Tarbiya jarayonida imkon qadar har bir o‘quvchi uchun individual yondashuv bo‘lishi kerak. Zero, o‘quvchilar turlicha psixologik xarakter, fizologik imkoniyat (ayniqsa, mehnat ko‘nikma, malakalarini shakllantirishda inobatga olinadi), hayotiy maqsadlar, muayyan darajada ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaga ega. Pedagogik diagnostika yordamida o‘quvchi shaxsning tarbiyalanganlik darajasiga oid ma’lumotlarga ega bo‘lish “Individual rivojlanish dasturi”ni ishlab chiqish, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, hayotiy tajribaning dinamik o‘sishini kuzatib borishga yordam beradi. Boshlang‘ich nazorat yordamida qo‘lga kiritilgan o‘quvchining rivojlanganlik darajasiga oid ma’lumotlar pedagogik diagnostikada orqaliq va yakuniy nazorat muddatlarini belgilash, tarbiyalovchilik faoliyatini rejalashtirish hamda tarbiya jarayonini izchil kuzatib borish uchun imkoniyat yaratadi. Ta’lim jarayonida bo‘lgani kabi tarbiyada ham yakuniy nazorat natijalari boshlang‘ich nazoratning natijalari bilan o‘zaro taqqoslanadi. Ular o‘rtasidagi farq tarbiyaviy faoliyat samaradorligini belgilashga xizmat qiladi. O‘quvchining tarbiyasini tashkil etayotgan o‘qituvchi, eng avvalo, tarbiya va ta’lim maqsadlarini ajratib olishi zarur. Tarbiya jarayonida o‘quvchini intellektual rivojlantirish asosiy maqsadga aylanmasligi kerak. Zero, agar to‘g‘rirejalashtirilsa va oqilona tashkil etilsa, o‘quvchini intellektual rivojlantirish ta’lim jarayonida ta’milanadi. Eng muhimi, tarbiya jarayonida o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlarini, fiziologik-jismoniy imkoniyatlarini inobatga olishdir. Tarbiya jarayonida tarbiyalovchi vaziyatlardan foydalanish kutilgan natijalarga erishishni ta’minlaydi. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling