Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


II. Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
II. Tarbiyalovchi vaziyatlarning tashkil etilishi va namoyon bo‘lishi. 
O‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarni namoyon bo‘lishi va tashkil etilishining shakllari 
turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning yuzaga kelish va rivojlanish jarayonida ko‘p 
omillar o‘quv jarayonining ob’ektiv holatlari hamda pedagogik faoliyat sub’ekti – 
o‘qituvchiga bog‘liq. 
Rag‘batlantiruvchi vaziyat; tanlov vaziyati; muvafaqqiyat vaziyati; ziddiyatli 
vaziyat; o‘quv masalalarning yechimini topish vaziyatlari; tavakkal kilish 
vaziyatlari; tanqid va o‘z o‘zini tanqid kilish vaziyatlari; yordam va uzaro yordam 
kursatish; tahdid va jazolash vaziyati; o‘z-o‘zini baholash vaziyati; muloqot 
vaziyati; bo‘ysindirish vaziyati; ishonish vaziyati; ayblash vaziyati; bir 
ish(muloqot)dan boshqasiga o‘tish vaziyati; kurashish va raqobat vaziyati; dalda 
berish vaziyati; e’tiborsizlik qilish vaziyati; chegaralash vaziyati; o‘yin vaziyatlari; 


107
javobgarlik va mas’uliyatni sezgan holda qaror qabul qilish; faoliyatning yangi 
usullarini uzlashtirish vaziyatlari; ishonch bildirish vaziyatlari; talab qilish 
vaziyati; trening vaziyati; tartibsizlik vaziyati kabilar tarbiyalovchi vaziyatlarning 
ko‘rinishlari sanaladi. 
Mazkur holatlarni o‘quv-tarbiyaviy faoliyat jarayonida eng ko‘p yuzaga 
keluvchi alohida o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlar misolida ularning namoyon bo‘lish 
shakllari, mohiyati va xususiyatlarini ko‘rib chiqish mumkin.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar o‘quv-tarbiyalovchi vaziyatlarning 
yana bir shakli bo‘lmish muvaffaqiyatli vaziyatni rivojlanishi uchun zamin 
yaratadi. V.A.Suxomlinskiyning aytishiga ko‘ra, “qiyinchiliklarni yengib o‘tish, 
bilim olish xohishi uchun energiya hosil qiluvchi ichki kuchning yagona manbai” 
– o‘qishdagi 
muvaffaqiyatdir.
III. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish. 
Pedagogik jarayonda muvaffaqiyatlarni kafolatlaydigan vaziyatlar ham namoyon 
bo‘ladi. O‘qituvchilar imkon qadar ana shunday vaziyatlarning ko‘proq yuzaga 
kelishini ta’minlashga e’tibor qaratishlari lozim. Bu boradagi harakatlar 
muvaffaqiyatli vaziyatlarni loyihalashtirish deb nomlanadi.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling