Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

 
Muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish – muvaffaqiyatli vaziyatlarni 
kafolatlovchi sharoitlar jamlanmasi yoki ana shu maqsadga 
yo‘naltirilgan amaliy harakatlarni tashkil etish.
Muvaffaqiyat mazkur vaziyatning natijasidir.
Pedagogikada tarbiyaning universal vosita va metodlari mavjud emas. Bu 
tom ma’noda muvaffaqiyatli vaziyatga ham taaluqlidir. Bir ko‘rishda, pedagog 
uchun o‘quvchilarni muvaffaqiyatga erishishga undovchi bir-ikki vaziyatni o‘zi 
yetarlidek. Biroq, vaziyatga nisbatan bunday munosabatda bo‘lish ba’zan mutlaqo 
teskari natijaga olib kelishi mumkin: doimiy muvaffaqiyat o‘quv faoliyatiga 
nisbatan turg‘un, o‘zgarmaydigan munosabatli vaziyatning rivojlanishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Qolaversa, muvaffaqiyatli natijani doimiy kutish qiyinchiliklarni 
yengib o‘tishda layoqatsizlikning rivojlanishi, murakkab o‘quv va hayotiy 
vaziyatlarda harakat qilishdan voz kechishga sabab bo‘ladi.
Muvaffaqiyatli vaziyatning ijobiy jihatlarini ham aytib o‘tish lozim. Ya’ni, 
muvaffaqiyatga erishish insonning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini ortiradi; yana 
bir bor muvaffaqiyat lazzatini totish uchun, talabalarda yangi marralarga erishish 
xoxish istagi paydo bo‘ladi; muvaffaqiyatli faoliyat natijasi sifatida ichki 
osoyishtalik xissini yuzaga keltiruvchi ijobiy his-tuyg‘ular, o‘z o‘rnida, insonning 
atrof-muhit, dunyoga nisbatan munosabatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlar pedagogik faoliyatda 
o‘qituvchi tomonidan shakllantiriladi. Har qanday faoliyat kabi tarbiyani oddiy 
izchil zanjir ko‘rinishida tashkillashtirish mumkin: o‘quvchilarni ijtimoiy 
topshiriqlarni bajarishga ematsional tayyorlash; ijtimoiy faoliyat tashkil etish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; olingan natijalarni taxmin qilingan natijalar 


108
bilan taqqoslash (o‘z o‘quv mehnati natijasiga nisbatan idrokli munosabatda 
bo‘lish). 
Tarbiyalovchi vaziyatni loyihalashtirishda shuni esda tutish kerakki, har 
qanday o‘quv masalasining yechimi tayyorgarlik ko‘rish, bajarish va baholashni 
taqozo etadi. Muvaffaqiyatli vaziyatning rivojlanishi bir nechta bosqichda kechadi 
(19-rasm): 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling