Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy topshiriqlar
c) sharoitlar jamlanmasi;
d) texnologiyalar to‘plami. 8. O‘zini o‘zi axloqiy baholash diagnostikasi ... holat bo‘yicha o‘quvchining munosabatiga asoslanadi. a) 15 ta; b) 10 ta; c) 7 ta; d) 5 ta. 9. “Xulq -atvor etikasi diagnostikasi” bo‘yicha o‘quvchi ... jumlani davom ettiradi. a) 15 ta; b) 10 ta; c) 7 ta; d) 5 ta. 10. “Hayotiy qadriyatlarga munosabat diagnostikasi”ning asosini .... tashkil qiladi. a) ehtiyojlar ro‘yxati; b) qiziqishlar ro‘yxati; c) istaklar ro‘yxati; d) qobiliyatlar ro‘yxati. 115 Amaliy topshiriqlar: Tavsiya etilgan savollar asosida o‘quvchilar o‘rtasida bahs-munozarani tashkil etish orqali ularning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash. Ochiq so‘rovnoma 95 : 1. Sizning fikringiz qanday: komillikka intilishda e’tiqodga ega bo‘lish qanday ahamiyatga ega? 2. Hadislarda aytilishicha, hech bir inson o‘ziga berilgan umrdan o‘z ixtiyori bilan voz kecha olmaydi. Bu og‘ir gunoh sanaladi. U holda ayting-cha, jasoratning yorqin namunalaridan biri sifatida e’tirof etib kelinayotgan cho‘pon yigit – Shiroqning o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etishi nodonlik emasmi? 3. Har bir inson o‘z ideali – o‘zi uchun namuna sifatida tanlagan qahramoniga ega bo‘lishi zarur. Shaxsan Sizni kimning yoki kimlarning hayoti, faoliyati yoki jasorati hayratga solgan, undan namuna olishga undagan? 4. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ko‘chalarning ozodaligi va tabiat muhofazasi uchun barcha birdek mas’ul. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni samarali shakllantirish mumkinmi? 5. Qonunlar, eng avvalo, fuqarolarning huquq, manfaatlarini himoya qilish uchun ishlab chiqiladi. U holda nima uchun fuqarolar qonunlardan qo‘rqishadi? 6. Vatanparvarlik qahramonlik ko‘rsatishdagina namoyon bo‘ladimi? Sizningcha, oddiy fuqarolar o‘zlarining vatanparvar ekanliklarini namoyish qila oladilarmi? 7. Sizningcha, yashashdan maqsad, umr kechirishning ma’nosi nima? 8. Shaxsan Siz qanday hayotiy maqsadlarga egasiz? Hayotda Siz uchun nima juda ham muhim? 9. Nima deb o‘ylaysiz, xuddi qahramon Shiroq kabi o‘z xalqingiz, Vataningiz uchun hayotingizni qurbon qilish uchun jur’atingiz yetadimi? 10. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zida namoyon eta olmagan shaxs tomonidan topilgan boylik ezgulikka xizmat qilmaydi! Sizningcha, bu fikr qanchalik to‘g‘ri? 11. Siz qanday qaraysiz, shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy borliqqa nisbatan yondashuvi, kiyinishi hamda atrofdagilar bilan munosabati uning ma’naviy- axloqiy dunyosi haqida yetarlicha ma’lumot bera oladimi? 12. O‘ta bilimli, ziyoli shaxslarning ko‘pchiligini moddiy boylik u qadar qiziqtirmaydi. Bu holatni Siz qanday baholaysiz? 13. 200 yildan buyon hal qilinmay kelinayotgan Puankare teoremasining yechimini topganligi uchun (2008 yil) Sankt-Piterburglik Georgiy Perelman jahon matematiklari uyushmasi tomonidan mukofot uchun belgilangan bir million AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni olishdan voz kechdi. Siz qanday fikrdasiz, uning bu harakatini ma’naviy jasorat deb baholash mumkinmi? 14. O‘zbek xalqi ongida “moddiy boylik” va “shaxs ma’naviyati” degan tushunchalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik bo‘lishi mumkin emas, degan tushuncha qaror topgan? Sizningcha, bu qaror to‘g‘rimi? 95 Usmonboyeva M., Aripova M., Mo’minova D. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. – T.: “Lesson Pres” nashriyoti, 2019. – 29-30-b. 116 15. Totalitar tuzum davrida fuqarolar ongida “moddiy boylikka erishish kapitalistik tuzum sarqiti, axloqli shaxs boylikka ro‘ju qo‘ymaydi” degan munosabat qaror toptirilgan edi. Siz qanday fikrdasiz, mazkur munosabatni saqlab qolish kerakmi yoki o‘zgartirish lozimmi? 16. Tasavvur qiling, Sizga juda katta miqdorda moddiy mablag‘ni qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan ish taklif qilinmoqda. Biroq, bu ishning bajarilishi Sizga foyda keltirsa-da, jamiyatga zarar yetkazishi mumkin. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz? 17. Hadislarda ko‘rsatilishicha, inson har bir so‘zi uchun zakot (mol-mulk va daromadning 40/1 miqdorida beva-bechoraga beriladigan xayr-sadaqa) to‘lashi zarur. Buni yoddan chiqarmagan holda “Men xudbinlar, manfaatparastlar, o‘z xalqiga, Vataniga xiyonat qiluvchilar toifasidan emasman”, deya olasizmi? 18. Yaponiyaliklar uchun mamlakat manfaati fuqarolarning shaxsiy manfaatidan yuqori qo‘yiladi. Agarda yaponiyalik tadbirkorga millionlab foyda keltiradigan loyiha taklif etsangiz, agarda bu loyiha uning o‘zi uchun foyda keltirib, davlat rivojiga zarar keltirsa, u bu loyihadan so‘zsiz voz kechadi. Sizningcha, O‘zbekiston fuqarolarining yaponiyalik bo‘lishi uchun tarbiyani qanday tashkil etish zarur? Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling