Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

c) sharoitlar jamlanmasi; 
d) texnologiyalar to‘plami. 
8. O‘zini o‘zi axloqiy baholash diagnostikasi ... holat bo‘yicha o‘quvchining 
munosabatiga asoslanadi. 
a) 15 ta; 
b) 10 ta;
c) 7 ta; 
d) 5 ta. 
9. “Xulq -atvor etikasi diagnostikasi” bo‘yicha o‘quvchi ... jumlani davom 
ettiradi. 
a) 15 ta; 
b) 10 ta;
c) 7 ta; 
d) 5 ta. 
 
10. “Hayotiy qadriyatlarga munosabat diagnostikasi”ning asosini .... tashkil 
qiladi. 
a) ehtiyojlar ro‘yxati; 
b) qiziqishlar ro‘yxati; 
c) istaklar ro‘yxati; 
d) qobiliyatlar ro‘yxati. 
 
 


115
Amaliy topshiriqlar: 
Tavsiya etilgan savollar asosida o‘quvchilar o‘rtasida bahs-munozarani 
tashkil etish orqali ularning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini tashxislash.
Ochiq so‘rovnoma
95

1. Sizning fikringiz qanday: komillikka intilishda e’tiqodga ega bo‘lish 
qanday ahamiyatga ega?
2. Hadislarda aytilishicha, hech bir inson o‘ziga berilgan umrdan o‘z ixtiyori 
bilan voz kecha olmaydi. Bu og‘ir gunoh sanaladi. U holda ayting-cha, jasoratning 
yorqin namunalaridan biri sifatida e’tirof etib kelinayotgan cho‘pon yigit – 
Shiroqning o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etishi nodonlik emasmi? 
3. Har bir inson o‘z ideali – o‘zi uchun namuna sifatida tanlagan qahramoniga 
ega bo‘lishi zarur. Shaxsan Sizni kimning yoki kimlarning hayoti, faoliyati yoki 
jasorati hayratga solgan, undan namuna olishga undagan?
4. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ko‘chalarning ozodaligi va tabiat 
muhofazasi uchun barcha birdek mas’ul. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhitga 
mas’uliyatli munosabatni samarali shakllantirish mumkinmi?
5. Qonunlar, eng avvalo, fuqarolarning huquq, manfaatlarini himoya qilish 
uchun ishlab chiqiladi. U holda nima uchun fuqarolar qonunlardan qo‘rqishadi?
6. Vatanparvarlik qahramonlik ko‘rsatishdagina namoyon bo‘ladimi? 
Sizningcha, oddiy fuqarolar o‘zlarining vatanparvar ekanliklarini namoyish qila 
oladilarmi? 
7. Sizningcha, yashashdan maqsad, umr kechirishning ma’nosi nima? 
8. Shaxsan Siz qanday hayotiy maqsadlarga egasiz? Hayotda Siz uchun nima 
juda ham muhim? 
9. Nima deb o‘ylaysiz, xuddi qahramon Shiroq kabi o‘z xalqingiz
Vataningiz uchun hayotingizni qurbon qilish uchun jur’atingiz yetadimi? 
10. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zida namoyon eta olmagan shaxs 
tomonidan topilgan boylik ezgulikka xizmat qilmaydi! Sizningcha, bu fikr 
qanchalik to‘g‘ri?
11. Siz qanday qaraysiz, shaxsning turmush tarzi, ijtimoiy borliqqa nisbatan 
yondashuvi, kiyinishi hamda atrofdagilar bilan munosabati uning ma’naviy-
axloqiy dunyosi haqida yetarlicha ma’lumot bera oladimi?
12. O‘ta bilimli, ziyoli shaxslarning ko‘pchiligini moddiy boylik u qadar 
qiziqtirmaydi. Bu holatni Siz qanday baholaysiz?
13. 200 yildan buyon hal qilinmay kelinayotgan Puankare teoremasining 
yechimini topganligi uchun (2008 yil) Sankt-Piterburglik Georgiy Perelman jahon 
matematiklari uyushmasi tomonidan mukofot uchun belgilangan bir million AQSh 
dollari miqdoridagi moddiy mablag‘ni olishdan voz kechdi. Siz qanday fikrdasiz, 
uning bu harakatini ma’naviy jasorat deb baholash mumkinmi? 
14. O‘zbek xalqi ongida “moddiy boylik” va “shaxs ma’naviyati” degan 
tushunchalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlik bo‘lishi mumkin emas, degan 
tushuncha qaror topgan? Sizningcha, bu qaror to‘g‘rimi? 
95
Usmonboyeva M., Aripova M., Mo’minova D. Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish. – 
T.: “Lesson Pres” nashriyoti, 2019. – 29-30-b. 


116
15. Totalitar tuzum davrida fuqarolar ongida “moddiy boylikka erishish 
kapitalistik tuzum sarqiti, axloqli shaxs boylikka ro‘ju qo‘ymaydi” degan 
munosabat qaror toptirilgan edi. Siz qanday fikrdasiz, mazkur munosabatni saqlab 
qolish kerakmi yoki o‘zgartirish lozimmi? 
16. Tasavvur qiling, Sizga juda katta miqdorda moddiy mablag‘ni qo‘lga 
kiritish mumkin bo‘lgan ish taklif qilinmoqda. Biroq, bu ishning bajarilishi Sizga 
foyda keltirsa-da, jamiyatga zarar yetkazishi mumkin. Bunday vaziyatda qanday 
yo‘l tutasiz?
17. Hadislarda ko‘rsatilishicha, inson har bir so‘zi uchun zakot (mol-mulk va 
daromadning 40/1 miqdorida beva-bechoraga beriladigan xayr-sadaqa) to‘lashi 
zarur. Buni yoddan chiqarmagan holda “Men xudbinlar, manfaatparastlar, o‘z 
xalqiga, Vataniga xiyonat qiluvchilar toifasidan emasman”, deya olasizmi? 
18. Yaponiyaliklar uchun mamlakat manfaati fuqarolarning shaxsiy 
manfaatidan yuqori qo‘yiladi. Agarda yaponiyalik tadbirkorga millionlab foyda 
keltiradigan loyiha taklif etsangiz, agarda bu loyiha uning o‘zi uchun foyda 
keltirib, davlat rivojiga zarar keltirsa, u bu loyihadan so‘zsiz voz kechadi. 
Sizningcha, O‘zbekiston fuqarolarining yaponiyalik bo‘lishi uchun tarbiyani 
qanday tashkil etish zarur? 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling