Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

Natijalarni qayta ishlash: 
Ijobiy javoblar kaliti: 1-a, 2-d, 3-c, 4-a. 
O‘qituvchi o‘quvchi bergan ijobiy javoblar miqdorini hisoblab chiqadi. 
4 ball – yuqori darajada axloqiy motivatsiyaga egalik; 
2-3 ball – o‘rta darajada axloqiy motivatsiyaga egalik; 
0-1 ball – past darajada axloqiy motivatsiyaga egalik. 
Shunday qilib, tarbiyaning mazmunida shaxsni har tomonlama tarbiyalash 
uchun zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan faoliyat 
mohiyati namoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalanganlik darajasini 
tashxislash va natijalarni tahlil qilish bir qator afzalliklarni kafolatlaydi. 
Tashxislash orqali o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi – unda ma’lum sifatning 
mavjudlik holati to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘lga kiritiladi. Qolaversa, tashxislash 
natijasida olingan natijalarga tayangan holda o‘quvchida yangi ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni tarbiyalash, ana shu maqsadda individual ishlash dasturini ishlab 
chiqishga muvaffaq bo‘linadi. Tarbiyalovchi vaziyatlar o‘quvchilarda axloqiy 


113
sifatlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, 
tarbiyalovchi vaziyatlarga tahliliy yondashish pedagogik jarayonning yutuq va 
kamchiliklarini o‘rganish imkonini beradi. Muvaffaqiyatli vaziyat o‘quvchilarda 
ijtimoiy faollikni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini tarbiya qilish, o‘z-
o‘zini baholash va boshqarishda asosiy omillardan biri bo‘lib qoladi. 
Nazorat savollari: 
1. O‘quvchilarning axloqiy tarbiyalangan darajasini tashxislash qanday 
maqsadda amalga oshiriladi? 
2. Tarbiyalovchi vaziyatlar deganda nimani tushunasiz? 
3. Tarbiyalovchi vaziyatlarning qanday turlari mavjud? 
4. O‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini tashxislashda tarbiyalovchi 
vaziyatlar qanday ahamiyatga ega? 
4. Tarbiyaviy xarakterdagi muvaffaqiyatli vaziyatlarni hosil qilish nima uchun 
zarur? 
5. O‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini tashxislash usullari nima? 
6. O‘quvchilarning tarbiyalangan darajasini tashxislash qanday usullarni 
bilasiz? 

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling