Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika
Download 2.44 Mb. Pdf ko'rish
|
дарслик педагогика. ХРахматова
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxassislik
(2020 yil 6 noyatr) Qarorida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Pedagogik-
psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘balari negizida belgilangan shtatlar doirasida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab- quvvatlash markazlari tashkil etish zarurligi ko‘rsatildi. “Bolalarni ijtimoiy- psixologik qo‘llab-quvvatlash” Markazlarining asosiy vazifalari qatorida “xalq ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat 97 Умаров С.Б. Умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчиларини касб-ҳунарга йўналтириш технологиялари (YI-IX синфлар мисолида): пед.фанл.номз. …дис. – Т.: 2005. – 19-20-б. 98 “Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва психологик-педагогик республика ташхис маркази”нинг Устави // https://nrm.uz/contentf?doc=547263_o’zbekiston_respublikasi_xalq_talimi_ vazirligining_ o’quvchilarni_kasb-hunarga_yo’naltirish_va_psihologik-pedagogik_respublika_tashhis_ markazi_ustavi_ (o’zr_vm_01_12_2017_y_961-son_qaroriga_3-ilova)&products=1_vse_zakonodatelstvo _uzbekistana. 119 ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish” 99 muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning muayyan kasb yoki hunar yo‘nalishida kasbiy faoliyatni tashkil qilish layoqati, qobiliyatiga egaliklarini tashxislash masalasini yoritishdan avval “kasb”, “hunar”, “ixtisos”, “ixtisoslik”, “faoliyat, “kasbiy faoliyat”, kasbiy layoqat (qobiliyat”) kabi tayanch tushunchalarning mazmunidan xabardor bo‘lish maqsadga muvofiq. Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra “kasb” tushunchasi lotin tilidan tarjima qilinganda, “rasmiy mashg‘ulot”, “mutaxassislik” ma’nosini anglatadi. Kasb – 1) maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati (mashg‘uloti)ning turi 100 ; 2) muayyan shaxsiy sifatlarga tayanilgan holda tashkil etiluvchi mehnat faoliyati, mashg‘ulotning ko‘rinishidir 101 . Hunar – 1) muayyan ko‘nikma, mahorat talab qilinadigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot, kasb 102 ; 2) asosan qo‘l kuchi bilan harakatlantiriladigan ish qurollari yordamida, ya’ni, qo‘l mehnatiga asoslanib mahsulotlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyat. Mutaxassislik – biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun maxsus tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi 103 . Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling