Namangan davlat universiteti raxmatova xayrixon ashiraliyevna pedagogik diagnostika


Download 2.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/213
Sana06.09.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1673507
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   213
Bog'liq
дарслик педагогика. ХРахматова

(2020 yil 6 noyatrQarorida tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Pedagogik-
psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘balari negizida belgilangan shtatlar 
doirasida yuridik shaxs maqomisiz Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-
quvvatlash markazlari tashkil etish zarurligi ko‘rsatildi. “Bolalarni ijtimoiy-
psixologik qo‘llab-quvvatlash” Markazlarining asosiy vazifalari qatorida “xalq 
ta’limi tizimida kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik xizmat 
97
Умаров С.Б. Умумий ўрта таълим мактаблари ўқувчиларини касб-ҳунарга йўналтириш технологиялари 
(YI-IX синфлар мисолида): пед.фанл.номз. …дис. – Т.: 2005. – 19-20-б. 
98
“Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва психологик-педагогик республика ташхис маркази”нинг 
Устави 
// 
https://nrm.uz/contentf?doc=547263_o’zbekiston_respublikasi_xalq_talimi_ 
vazirligining_
 
o’quvchilarni_kasb-hunarga_yo’naltirish_va_psihologik-pedagogik_respublika_tashhis_ 
markazi_ustavi_ 
(o’zr_vm_01_12_2017_y_961-son_qaroriga_3-ilova)&products=1_vse_zakonodatelstvo _uzbekistana. 


119
ko‘rsatish, ilg‘or tajribalarga asoslangan kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy 
shakl va uslublarini joriy etish”
99
muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning muayyan kasb yoki hunar 
yo‘nalishida kasbiy faoliyatni tashkil qilish layoqati, qobiliyatiga egaliklarini 
tashxislash masalasini yoritishdan avval “kasb”, “hunar”, “ixtisos”, “ixtisoslik”, 
“faoliyat, “kasbiy faoliyat”, kasbiy layoqat (qobiliyat”) kabi tayanch 
tushunchalarning mazmunidan xabardor bo‘lish maqsadga muvofiq. 
Lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra
“kasb” tushunchasi lotin tilidan tarjima qilinganda, 
“rasmiy mashg‘ulot”, “mutaxassislik” ma’nosini anglatadi.
Kasb – 1) maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir 
sohada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun lozim bo‘lgan nazariy 
bilimlar, amaliy ko‘nikma, malakalar majmuasini egallagan, jismoniy, 
aqliy qobiliyat va yuridik huquqlari ta’minlangan mehnat faoliyati 
(mashg‘uloti)ning turi
100
; 2) muayyan shaxsiy sifatlarga tayanilgan 
holda tashkil etiluvchi mehnat faoliyati, mashg‘ulotning ko‘rinishidir
101
.
Hunar – 1) muayyan ko‘nikma, mahorat talab qilinadigan, tirikchilikning 
asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot, kasb
102
; 2) asosan qo‘l 
kuchi bilan harakatlantiriladigan ish qurollari yordamida, ya’ni, qo‘l 
mehnatiga asoslanib mahsulotlarni tayyorlashga qaratilgan faoliyat.
Mutaxassislik biror kasb doirasida ma’lum bir faoliyat turi uchun 
maxsus tayyorgarlik va tajribasi bilan erishilgan zarur bilim, ko‘nikma 
va malakalar majmuasi
103
.

Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling